$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

OIVga qarshi vaksina yaratildi

Antivirus

Amerika kompaniyasi Gilead Sciences, Inc. odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) ga qarshi 100% samaradorlikka ega vaksina yaratilganini e’lon qildi. Tadqiqotda qatnashgan bir necha ming ayollarning hech biri yangi lenakapavir preparatini qabul qilganidan keyin OIV bilan kasallanmagan. Biroq, vaksinaning yillik dozasi narxi 40 000 dollardan oshadi. Gilead Sciences, Inc. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 3-bosqich klinik sinovi natijalaridan shu ma’lum bo‘ldiki, yiliga ikki marta qabul qilinadigan yangi infeksion dori – lenakapavir OIV infeksiyasining oldini olishda 100 foiz samarali bo‘lib, barcha mavjud dorilardan ustundir. Tadqiqotda Janubiy Afrika va Ugandada 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 5300 dan ortiq ayol ishtirok etdi. Agar ushbu dori tasdiqlansa, u profilaktikaning bir qismiga aylanadi.

Lenakapavir – tibbiy mo‘jiza

Lenakapavir - kapsid parchalanishining ingibitori hisoblanadi. Kapsid - bu virusli genetik materialni himoya qiluvchi va uni infeksiyalangan hujayraga tashishga yordam beradigan oqsil qobig‘i. Hujayraga kirgandan so‘ng, kapsid to‘kiladi va virus genomi hujayraning sitoplazmasiga chiqariladi, virus o‘z nusxasini olish uchun hujayra resurslaridan foydalanishni boshlaydi. Shuningdek, lenakapavir inyeksiyasini olgan 2134 nafar ayol orasida OIV infeksiyasining birorta ham holati qayd etilmagan. Mustaqil ma’lumotlar monitoringi qo‘mitasining dastlabki natijalariga ko‘ra, tadqiqotning joriy bosqichini erta tugatishni va barcha tadqiqot ishtirokchilariga lenakapavirni berishni tavsiya qildi. Ushbu qaror preparatni qabul qilganlarda sezilarli nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmaganligi, shu bilan birga preparatning minimal miqdordagi dozalari bilan ko‘proq samaradorlik ko‘rsatganligiga asoslanadi.

OIVni to‘liq davolash mumkin emas

Lenakapavirning tijoratdagi nomi Sunlenca. Preparatning dastlabki dozalari terapevtik darajaga tezda erishish uchun og‘iz orqali va inyeksiya shaklida beriladi, so‘ngra tanadagi virusning aniqlanmaydigan past darajasini saqlab qolish uchun har olti oyda bir marta inyeksiya qilinadi. Sunlenca inyeksiyalari va tabletkalari terapiyaning birinchi yili uchun 42 250 dollar, keyin esa har yili 39 000 dollar turadi. OIVni to‘liq davolash mumkin emas, chunki virusning yashirin rezervuarlari inson tanasida qoladi, ammo antiretrovirus preparatlar bilan davolashning yetishmasligi 10-12-yildan keyin yuzaga keladigan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) deb ataladigan terminal bosqichiga olib keladi.

2023-yilda 40 mln.dan ortiq odam OIV dan vafot etgan

Shuning bilan birga, jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilga kelib, dunyo bo‘ylab OITS sabab 40,4 milliondan odam vafot etgan va taxminan 39 million odam OIV bilan kasallangan. Ularning yillik o‘sishi 1,5 mln. kishini tashkil etmoqda. Ulardan 29,8 million kishi retrovirusga qarshi davo oladi. O‘zbekistonda OIV infeksiyasining birinchi holati 1987-yilda qayd etilgan. Shu paytdan boshlab 2022-yilning 1-yanvarigacha 71 mingga yaqin holat qayd etilgan, OIV infeksiyasi bilan kasallanib o‘lganlar soni 23 mingga yaqinni tashkil etgan. 2022-yil dekabr holatida O‘zbekistonda 45 mingga yaqin OIV infeksiyasi bilan kasallangan odam yashayotgani, ularning 55 foizi erkaklar va 45 foizi ayollar ekani ma’lum qilingan edi.