$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘smirlar orasida aniqlangan yangi OIV infeksiyasining 70 foizi qizlarga to‘g‘ri kelmoqda

oiv

UNICEF bergan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, o‘smirlar orasida aniqlangan yangi OIV infeksiyasining 70 foizi qizlarga to‘g‘ri kelmoqda. 2023-yilda dunyo bo‘ylab 15-19 yoshli 96 ming qiz va 41 ming o‘g‘il bola OIV infeksiyasini yuqtirgan.

Dunyoda OIV bilan kasallangan bolalar va o‘smir soni 2,4 millionga yetgan

UNICEF bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘ylab 15-19 yoshli 96 ming qiz va 41 ming o‘g‘il bola OIV infeksiyasini yuqtirgan, ya’ni o‘smirlar o‘rtasidagi yangi infeksiyalarning 70 foizi qizlarga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Tropik Afrika mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 90 foizga yetadi.

So‘nggi o‘n yil ichida butun dunyo bo‘ylab bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yangi OIV infeksiyalari soni sezilarli darajada kamaydi. Biroq, ayrim o‘smirlar, ayniqsa, qizlar hali ham zarur ijtimoiy-tibbiy, jumladan, profilaktika xizmatlaridan foydalana olmayapti.

Shuningdek, davolanayotganlar orasida kattalar ko‘proq 2023-yilda 19 yoshgacha bo‘lgan guruhda 250 000 ta yangi OIV infeksiyasi qayd etildi, bu esa butun dunyo bo‘ylab OIV bilan yashayotgan bolalar va o‘smirlarning umumiy sonini 2,4 million kishiga yetkazdi.

O‘tgan yili 90 mingdan ortiq bola va o‘smirlar OITS bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgan

OIV bilan kasallangan kattalarning 77 foizi antiretrovirus terapiyasini olayotgan bo‘lsa, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning atigi 57 foizi va 15-19 yoshli o‘smirlarning 65 foizi undan foydalanish imkoniyatiga ega.

O‘tgan yili 90 mingdan ortiq bola va o‘smirlar OITS bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgan. O‘limning 73 foizi 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sodir bo‘lgan.

OIV mintaqalarda hanuz dolzarb masala bo‘lib qolmoqda

UNICEF 2010-yildan buyon dunyoning aksariyat mintaqalarida umumiy infeksiya darajasi pasayganiga qaramay, 2023-yilda Sharqiy va Janubiy Afrikada 15-19 yoshli bolalar va o‘smirlar o‘rtasida 74 mingta yangi OIV infeksiyasi holati qayd etilganini eslatib o‘tadi. G‘arbiy va Markaziy Afrikada – 18 ming, Janubiy Osiyoda – 8,9 ming, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda – 5,8 ming, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi - 16 ming.

Shuning bilan birga, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida so‘nggi o‘n yil ichida o‘smirlar o‘rtasida OIV infeksiyasi sezilarli darajada pasaymagan, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada esa 2010-yildan beri o‘smirlar o‘rtasida yangi infeksiyalar 70 foizga oshgan.