$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Milliy statistika tizimini yangilash ofisi tashkil etiladi

ofis

24-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etiladi.

Transformatsiya nima?

Transformatsiya – bu biror narsa yoki jarayonning sezilarli o‘zgarishi, rivojlanishi yoki yangilanishidir. Bu tushuncha turli sohalarda qo‘llanadi:

Biznes va menejmentda – kompaniyaning ish yuritish uslubini, strategiyasini yoki tashkilot tuzilishini tubdan o‘zgartirish jarayoni. Masalan, raqamli transformatsiya – biznesning texnologiyalar yordamida zamonaviylashtirilishi.

Shaxsiy rivojlanishda – insonning fikrlash tarzi, odatlari yoki hayot tarzi o‘zgarishi. Masalan, yangi maqsadlarga intilish yoki eski cheklovlardan qutilish.

Ilmiy va texnik sohalarda – fizik, kimyoviy yoki biologik jarayonlarda moddalar va tizimlarning shakli yoki holati o‘zgarishi. Masalan, energiyaning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi.

Statistika tizimi tubdan yangilanadi

Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilandi, jumladan:

ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;

mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;

statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish.

Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.