$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonliklarni fohishalik uchun sotgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi

odam savdosi

Turkiya hududida olib borilgan tadbirlar davomida odam savdosi bilan shug‘ullangan S.O‘. qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar qildi.

Vatandoshlarini chet elda ekspluatatsiya qilgan ayol

Ayol vatandoshlarni chet elda qonunga xilof ravishda ekspluatatsiya qilgan. S.O‘. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro qidiruvda edi. Turkiya bilan olib borilgan hamkorlik natijasida ayol Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.  

Jabr ko‘rganlar murojaat qilishi mumkin

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.  

O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi doirasida odam savdosiga qarshi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Теги :
Jamiyat