$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston 2024-yilda yevroobligatsiyalar chiqarish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Dollar

Avesta Investment Group investitsiya kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston hukumati va mahalliy kompaniyalar 4 milliard dollarlik qiymatdagi yevroobligatsiyalar chiqardi. Bu mamlakat tarixidagi rekord natija hisoblanadi. 

Obligatsiyalarning valyutalar kesimida taqsimoti

Hisobotda qayd etilishicha, 2024-yilda 12 ta yevroobligatsiyalarni joylashtirish amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yillardagi hajmdan to‘rt barobar ko‘p. Shundan 81 foizi (3,3 milliard dollar) xorijiy valyutada, qolgan 19 foizi esa (0,8 milliard dollar) milliy valyutada muomalaga chiqarilgan. Xorijiy valyutadagi yevroobligatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha kupon stavkasi 7,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy obligatsiyalar bo‘yicha bu ko‘rsatkich 20 foizdan oshgan. 

Kompaniyalar kesimidagi taqsimot

May oyida hukumat tomonidan 1,5 milliard dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarilgan bo‘lib, shundan atigi 300 million dollari milliy valyutada joylashtirilgan. Qolgan 2,6 milliard dollar bir necha yirik kompaniyalardan tushgan:

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) 1 milliard dollarlik debyut yevroobligatsiyalarini chiqardi va 2025 yilda yana 500 million dollarlik joylashtirishni rejalashtirmoqda;

“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 400 million dollar va 2,25 trillion so‘mlik (174,4 million dollar) yevroobligatsiyalar chiqarildi;

Agrobank – 400 million dollar va 700 milliard so‘mga (54,2 million dollar);

O‘zmilliybank – 300 million dollar va 1,4 trillion so‘m (108,5 million dollar);

Ipoteka-bank — 1,4 trillion so‘m (108,5 million dollar).

Yevroobligatsiyalar o‘zi nima? 

2024-yil yakuniga ko‘ra muomaladagi va qaytarib olinmagan davlat qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilgan hajmi 2,4 barobarga oshib, 24,6 trillion so‘mni (1,9 milliard dollar) tashkil etadi. Jami 74 ta joylashtirish o‘tkazilib (o‘sish 2,3 barobar), o‘rtacha yillik hosildorlik 16,8%ni (2023-yilda – 17,1%) tashkil etgan. Ma’lumot uchun, yevroobligatsiyalar - bu qarz oluvchilar (kompaniyalar yoki hukumatlar) tomonidan Yevropa moliya bozorida istalgan yevrovalyutada uzoq muddatli kredit olishda chiqarilgan xalqaro qarz majburiyatlari hisoblanadi. Ularni sotib olgan chet elliklar belgilangan to‘lovlarni va muddat oxirida kreditning asosiy summasini oladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot