$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda O‘zbekistonda qancha notarial harakatlar amalga oshirildi?

notarius

2024-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra, 4 080 774 ta notarial harakat amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foiz kamdir.

Eng ko‘p notarial harakatlar amalga oshirilgan 5 ta hudud:

Toshkent shahri — 984 465 ta

Farg‘ona viloyati — 399 296 ta

Samarqand viloyati — 382 139 ta

Andijon viloyati — 346 518 ta

Toshkent viloyati — 262 629 ta

1 036 nafar faoliyat yuritayotgan notariuslar

2023-yilda xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘yicha 104 nafar shaxslarga litsenziyalar berilgan bo‘lib, shu yili respublikada 1 036 nafar notariuslar faoliyat yuritgan. Shuningdek, notariuslar tomonidan jami 5 799 840 ta notarial harakatlar amalga oshirilgan.

2021 va 2022-yildagi ko‘rsatkichlar

2022-yilda 953 nafar notariuslar faoliyat yuritgan bo‘lib, ular tomonidan aholiga 26 turdagi notarial harakatlar bo‘yicha huquqiy xizmat ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga notariuslar tomonidan 2021-yilda 4 428 081 ta notarial harakat amalga oshirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2022-yilda 5 393 775 tani tashkil qilgan.

Notarial harakatlar nima?

Notarial harakatlar - notarial idoralar (notariat) tomonidan huquqiy harakatlarni tasdiqdash, shahodatlash va hujjat berish borasida amalga oshiriladigan ishlar. O‘zbekiston Respublikasida Notarial harakatlarni davlat notarial idorasida ishlovchi yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bajaradi. Notariuslar bo‘lmagan aholi punktlarida fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari), boshqa davlatlarning hududida O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining ushbu harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan mansabdor shaxslari amalga oshiradi

Notariuslarning vazifalari nimalardan iborat?

O‘zbekiston Respublikasida Notarial harakatlar va ularni amalga oshirish qoidalari avvalo Notariat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi qonuni (o‘zgartish va qo‘shimchalar 2003-yil 25-aprelda kiritilgan), shuningdek, Adliya vazirligi chiqargan qo‘llanma hamda boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Qonunga ko‘ra, davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar: bitimlarni vasiyatnomalarni tasdiqlaydi, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni beradi; mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yadi va taqiqni bekor qiladi; merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi; meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; hujjatlar nusxalarining bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini; hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; fuqaroning tirik ekanligi, muayyan joyda ekanligi, fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi va hokazo.