$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Floridadagi o‘zbekistonliklar “Milton” to‘foni sabab ogohlantirilmoqda

milton

AQSHdagi O‘zbekiston elchixonasi “Milton” to‘foni sabab o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda. Aytilishicha, ushbu to‘fon sabab AQSHning Florida shtati 51 shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. 

Ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi. Shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

+1-202-251-8298;

+1-202-300-9526.

Shuning bilan birga, to‘fon natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQSHning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘raladi:

911 — shoshilinch tibbiy yordam;

(800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990 — Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi;

202-646-2500 — umumiy masalalar bo‘yicha;

+1-800-342-3557 — Florida shtati ko‘mak liniyasi:

+1-800-729-3413 — Florida shtati Evakuatsiya qilishga ko‘maklashish xizmati.

Amerika prezidenti ham fuqarolarni ogohlikka da’vat etdi

AQSH prezidenti Jo Bayden ham to‘fon vayronkor bo‘lishidan ogohlantirib, aholini evakuatsiya buyruqlariga quloq solishga chaqirgandi. Florida hukumati ushbu to‘fon yaqinlashayotgani sababli shtatning 5,5 milliondan ortiq aholisini uylarini tark etishga va evakuatsiya qilishga chaqirdi.

Ekspertlar “Milton” hali ham vayronkor va halokatli ekanini aytishmoqda.