$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Gipertoniyadan aziyat chekuvchilar uchun samarali yechim: Nonushta qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi

nonushta

Bugungi kunda ko‘pchilik insonlar qon bosimining ko‘tarilishidan aziyat chekadilar. Shu bois qon bosimini uy sharoitida me’yorda ushlab turishga masalasi muhimdir. Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan odamlarda qachon va qanday nonushta qilish mazkur kasallikka ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.

Uyg‘ongandan so‘ng 1-2 soat ichida nonushta qilish muhim

Tadqiqotlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, nonushta qon bosimini nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ertalabki ovqatlanish yurak salomatligini va qon bosimini bir necha mexanizmlar orqali yaxshilaydi, deb yozadi Parade nashri. Kardiolog Cheng Han Chen so‘zlariga ko‘ra, nonushta qondagi qand miqdorini tartibga soladi va kun davomida ortiqcha ovqatlanib qo‘yishdan saqlaydi. Bu qon bosimini oshiradigan stress gormonlari ko‘payishining oldini oladi.

“Nonushta kunning qaysi soatida qilinishi muhim ahamiyatga ega, chunki u qon bosimi va metabolizmni tartibga solishga yordam beradigan tabiiy sirkad ritmlariga mos kelishi lozim”, deydi kardiolog Nil D. Shah.

Shu sababli shifokorlar uyg‘onganidan keyin bir-ikki soat ichida nonushta qilishni tavsiya qiladilar.

“Normal qon bosimini saqlash uchun har bir kunni to‘g‘ri boshlash kerak. Uyg‘onganidan keyin ikki soat ichida nonushta qilish butun kun qanday o‘tishini belgilab beradi” deydi kardiolog Bredli Server.

“Tanadagi metabolik jarayonlar ovqatlanish vaqtiga ta’sir qiladigan sirkad ritmlar orqali tartibga solinadi. Nonushta qilish vaqtidagi o‘zgarishlar kardiometabolik kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir etishi mumkin”, dedi Cheng Han Chen.

Oqsilga boy mahsulotlar iste’moli organism va yurak uchun foydali

Shuningdek, kardiologlarning maslahatiga ko‘ra, nonushta uchun magniy va kaliyga boy taomlar (meva va sabzavotlar); oqsil (tuxum); foydali yog‘lar (avokado va yong‘oq), o‘simlik tolalari (sabzavotlar) dan iborat mahsulotlarni iste’mol qilish yaxshiroqdir

Oddiy uglevodlar (masalan, nonushta yormalari) yoki tarkibida natriy moddasi ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Amerika kasalliklari hamjamiyati maslahatiga ko‘ra, qon bosimini yaxshilash uchun kunlik tuz iste’molini 2300 mg (ideal 1500 mg)dan ortiq bo‘lmasligini nazorat qilish zarur.