$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

“Qora dayjest”: 2025-yil 3-yanvar voqealari

3-yanvar

 Atrof-muhitni chiqindiga to‘ldirgan bloger jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jasjan” nomi bilan mashhur bloger J.Sh. tomonidan olingan Toshkent tumanida hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi. Bu video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tirozlariga sabab bo’ldi.

Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o’rganildi. Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgani ma’lum bo’ldi.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi.

IIB binosiga olib kelingan fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ygan xodim 9 yilga qamaldi

Bekobod shahar IIB binosida vafot etgan 43 yoshli Dilmurod Yusupvaliyevning o‘limiga IIB xodimi yetkazgan jarohat sabab bo‘lgani tasdiqlandi. Sud hukmi bilan xodim qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan deb topildi. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud hukmida keltirilishicha, 1991-yilda tug‘ilgan Firdavs Muradullayev 2022-yil yanvar oyidan 2024-yil 1-iyulga qadar Toshkent viloyati IIBB uchinchi mintaqaviy hudud Bekobod shahar IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktika bo‘linmasi profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organ mansabdor shaxsi bo‘la turib, mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan.

Sud hukmi bilan Firdavs Muradullayev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi), 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga IIB tizimida, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik hamda moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Buxoroda 12 yoshli qizaloqning homiladorligi ishi tekshirilmoqda

Buxoro viloyatida 12 yoshli qizning homiladorligi aniqlandi. Kun.uz xabariga ko‘ra, qizaloq Buxoro shahar perinatal markaziga olib ketilgan.

Uning to‘rt oylik homiladorligi xabar qilingan.

Bolalar ombudsmanı idorasi mazkur fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.

Hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda.

15 yoshli “haydovchi” yo‘lovchining boshiga yetdi

Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi Tutkunda mahallasi ichki avtomobil yo‘lida 15 yoshli “haydovchi”ning noqonuniy xatti-harakati oqibatida 32 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.

Viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning bildirishicha, holat 2024 yilning 23 dekabrida sodir bo‘lgan. Og‘ir tan jarohati olgan bemor RShTYoIM Buxoro filialiga keltirilgan. Oradan 7 kun o‘tib, ko‘rsatilgan Tibbiy muolajalarga qaramay, bemor 30 dekabr kuni vafot etgan.

Теги :
Jamiyat