$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 25-yanvar voqealari

Qora 25-yanvar

Samarqandda 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi.

Qayd etilishicha, 10-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Bulungʻur tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.

1981-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 25 mln. soʻmdan sotishini oldindan kelishib rejalashtirgani toʻgʻrisida maʼlumotlar olindi.

Maxsus xaridor bilan bogʻlangan shaxs 5 kilogramm yukni tayyorlab qoʻyganligini maʼlum qildi.

Samarqand viloyati IIB TQX xodimlari, viloyat IIB TVBSO hamda viloyat bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Soxibkor MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, vazni taxminan 5 kg “Marixuana” giyohvandlik moddasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Zangiota tumanida yashovchi fuqaro U.U.ning (muqaddam sudlangan) xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 770 dona oq qizil rangli “ZARDEKS” nomli kapsula va 26 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Nukusda fuqaroning 46 mln. so‘mini “uxlatgan” soxta treyder ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqaroning 46 mln. so‘m pulini soxta treyderlik yo‘li bilan o‘margan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Nukus shahrida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan 46 mln so‘m pul mablag‘i yechib olinganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida murojaatchi ijtimoiy tarmoqdagi treyderlik guruhiga a’zo bo‘lgani va “pulingizni ko‘paytirib beramiz” degan soxta treyderlarga 46 mln. so‘m pulini o‘z plastik kartasidan bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib bergani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan soxta treyderga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda 2,5 kg gashish saqlagan shaxs ushlandi

Andijon shahrida avtomobilida va ijaradagi uyida jami 2,5 kilogramm gashish giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Matiz rusumli avtomobil belgilangan tartibda to‘xtatilib tekshirilganda transport vositasi o‘rindig‘ida 500 grammga yaqin gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Tadbir davomida ushbu shaxsning ijarada yashab kelayotgan xonadonining yotoqxonasi va yuvinish xonasida og‘irligi 2 kilogrammdan ortiq gashish borligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir natijasida jami og‘irligi 2 kilogramm bo‘lgan giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat