$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 24-may voqealari

Qora 24-may

Odam savdosida ayblangan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

O‘zbekistonda sodir etgan jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekisonga deportatsiya qilindi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Turkiya va O‘zbekiston IIVlari hamkorligida 6-may kuni Istanbul shahrida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan Ozod Raximov Sadulloyevich (1979-yilda tug‘ilgan) qo‘lga olingan.

Tez yordam mashinasi odam urib ketdi

Jizzax shahrida 23-may kuni tez tibbiy yordam mashinasi piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lum qildi.

YTH soat 8:30 lar atrofida Sharof Rashidov ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1976-yilda tug‘ilgan ayol yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotganda so‘nggi yo‘lakchadan tezlikda kelayotgan tez yordam mashinasi urib ketgan.

Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlar bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

9-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi traktor poyezd bilan to‘qnashib ketdi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida poyezd yo‘liga chiqib ketgan traktorni urib ketdi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, traktor boshqaruvida 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

YTHga voyaga yetmagan bola ehtiyotsizlik hamda e’tiborsizlik bilan yaqinlashib kelayotgan poyezd tarkibi oldiga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

YTHdan so‘ng holat yuzasidan maktabda o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda YTH sabablari, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, piyoda va haydovchilarning yo‘llarda e’tiborli bo‘lishlari lozimligi borasida fikrlar bildirildi.

Bozor xodimini haqorat qilgan tadbirkor ayol 7 sutkaga qamaldi

Maʼlum boʻlishicha, yakka tartibda faoliyat yurituvchi A.A. bozor hududida savdo faoliyatini amalga oshirib, bozorda savdo qilish tartib qoidalarini mensimay, bozor xodimi boʻlgan Sh.K.ni turli soʻzlar bilan haqorat qilib, unga qarshilik koʻrsatgan va urgan.

Natijada, Jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tuman sudining 2024-yil 15-may kunidagi qarori bilan tadbirkor A.A. Oʻzbekiston Respublikasi MjtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkent tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkent tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun 24-may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R4 “Toshkent shahri-Keles-Qozoqkentsoy qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.

YTHga 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi R.R. ning “Toyota Prado” rusumli transport vositasini Keles-Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. “Toyota Prado” qarama-qarshi yo‘nalishda “Cobalt”, “Damas” va “Spark” rusumli transport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Toyota Prado” rusumli transport vositasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Moskvadagi yong‘inda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Joriy yil 23-mayga o‘tar kechasi Moskva viloyati Istra shahri Padikovo qishlog‘ida joylashgan yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida 8 nafar kishi halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Yong‘in oqibatida vafot etganlarning shaxsini aniqlash uchun Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijliklar yashagan, ulardan 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Margʻilonda yoʻl chetida erkakni pichoqlab ketishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlda turgan odam pichoqlanganligi haqidagi xabar yuzasidan Fargʻona viloyat IIB rasmiy bayonot berdi.

Joriy yilning 21 may kuni, 2006 y.t. Margʻilon shaharda yashovchi fuqaro S.T. shaharning B.Margʻiloniy koʻchasida Yangi bogʻi MFY da yashovchi 2000 y.t fuqaro A.A.ni oʻtkir tigʻli jism bilan oʻng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli boʻlgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida, S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Shifokorlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.

Теги :
Jamiyat