$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 22-may voqealari

Negative

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.C.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.Q. fuqaro X.M.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan “Reduksin layt” nomli dori vositasini shifokor reseptisiz 768 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 224 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.X. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan 216 dona dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qo'li kaloniyaga "yetganlar" ushlandi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan 43-sonli manzil koloniyadagi mahkumni viloyatdagi boshqa koloniyaga o‘tkazishga yordam berishni va’da qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, 48 yoshli ikki shaxs poytaxtning Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ular mahkumni Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyalardan biriga o‘tkazib berishini aytgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) va 28−211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga tartibida ushlangan.

70 yoshli mast erkak maktab o'quvchisini urib yubordi

Samarqand viloyati Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli fuqaro maktab o‘quvchisini urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi axborot xizmati. Qayd etilishicha, 2-sinfda o‘quvchi qiz maktabdan uyga qaytayotgan bo‘lgan. Mahalla ko‘chalarining birida uni Nexia 2 mashinasida boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi urib yuborgan. Oqibatda qiz jarohat olib, qo‘li singan hamda operatsiya qilingan.

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy o‘quv sport texnika klubi o‘rgatuvchi ustasi B.M. fuqaro S.Sh.ga “V.S.” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, fuqaro M.O. fuqaro Yu.E.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Bog'cha tarbiyachisi 5 yashar bolani kaltakladi

OAVlarda “Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 20-may kuni Andijon viloyati IIB ga 1986-yilda tug‘ilgan O‘.X. (erkak) murojaat qilib, 18-may kuni 2019-yilda tug‘ilgan farzandi M.A. (o‘g‘il bola) Andijon shahrida joylashgan nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyachisi F. Gʻ. (ayol) farzandini yuziga bir necha bor tarsaki urganligini aytgan. Hozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.