$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 11-may voqealari

5 11

733,2 millionni "boshini yegan" mayning ferma aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, DXX, IIB va "O‘zenergoinspeksiya" xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Qibray tumani, Taraqqiy MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda "Avalon" rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 733,2 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan

Janjalni bartaraf etish uchun kuchishlatar tizimlar aralashdi 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi

Joriy yilning 10-may kuni taxminan soat 16.30 larda Chilonzor tumani, 5-mavze hududida 1980- yilda tug‘ilgan A.Aziz va 1984-yilda tug‘ilgan A.Azizxonlar mast holatda bo‘la turib, bir nechta fuqarolar (1993-yilda tug‘ilgan Sh.Dildora, 1996- yilda tug‘ilgan A.Sardor, 2002-yilda tug‘ilgan S.Saidahror) bilan o‘zaro janjallashgan.

Natijada 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro yengil darajadagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.  

Hodisa joyiga zudlik bilan milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari yetib kelishgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan ikki nafar fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatishgan.

Radar o‘rnatayotgan muhandis tok urib o‘ldi

1-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida kompyuter tarmog‘i muhandisi tok urishi oqibatida vafot etdi. Baxtsiz hodisani o‘rganish yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i e’lon qilindi.

Georadar MCHJning 3-maydagi xabarnomasida ma’lum qilinishicha, soat 17:20 larda tumanning Universitet va Salar ko‘chalarining chorrahasidagi ustunga avtomobil radarini o‘rnatish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

Jarayonga jalb qilingan 26 yoshli muhandis yigit 6,5 metr balandlikdagi elektr simlarini ulash jarayonida havo

elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan, oqibatda jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Piyodani o‘limiga sabab bo‘lgan Malibu topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tongda Toshkentda qora Malibu katta tezlikda piyodani urib voqea joyidan qochib ketgani, 45 yoshli shaxs voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, bugun, 11 may kuni soat 04:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasi Oq-tepa lavash binosi qarshisida 2004-yilda tug‘ilgan (erkak) S.A. Malibu 2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1979-yilda tug‘ilgan Y.J.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.