$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 21-aprel voqealari

Qora 21-aprel

 YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Marg‘ilon shahrida “Volkswagen” va “Spark” o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi.

Aytilishicha, mudhish YTH kecha, 19-aprel kuni sodir bo‘lgan. 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. “Volkswagen” mashinasini Marg‘ilon shahrining N.Xolmatova ko‘chasida boshqarib borayotib, “Spark” bilan to‘qnashib ketgan. Spark haydovchisi, 2003-yilda tug‘ilgan M.M. olingan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

O’smirni aldab jinsiy aloqa qilgan shaxs qo‘lga olindi

Fargʻonada pul berishni vaʼda qilib, oʻsmir bilan jinsiy aloqa qilgan shaxs qoʻlga olindi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB tumanlararo patrul-post xizmati otryad xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan D.S.ni qoʻlga olgan.

“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi”, deyiladi IIBning murojaatida.

Xorazmlik ayol o‘zini kanalga tashladi

20-aprel taxminan soat 13:00 larda Milliy gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari Urganch shahrida joylashgan “Avesta” istirohat bogʻida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat olib borayotgan vaqtlarida shu yerda oqib oʻtadigan Shovot kanalida choʻkayotgan ayolni koʻrib qolishgan. Xodimlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqishdi va tez yordam kelguniga qadar unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishdi.

Hozirda shifokorlar ayolning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda va u bilan psixologlar ishlamoqda.

Maktab o‘quvchisi avtohalokatda vafot etdi

Joriy yilning 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida maktab o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, shahardagi 11-maktabning 1-“B” sinf o‘quvchisi O.I. joriy yil 19-aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga to‘liq qatnashgan. Soat 12:35 atrofida o‘quvchi uyi yonidagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda, yuqori tezlikda kelayotgan “Damas” avtomashinasi haydovchisi o‘quvchini urib yuborgan.

O‘quvchi zudlik bilan Shahrisabz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan o‘quvchi vafot etgan.

Теги :
Жамият