$
 12775.02
34.0
 14090.85
28.59
 134.60
0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 11-aprel voqealari

11

Yaqinlaringiz ovozida gapiradigan firibgarlar paydo boʻldi

“Soʻnggi kunlarda Toshkent viloyati hududida fuqarolarga telefon orqali biror yaqin kishisi ovozida qoʻngʻiroq qilib, baxtsiz hodisa roʻy berganligini aytib aldov yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirishga urinishlar aniqlanmoqda”, – deb ogohlantirmoqda Toshkent viloyati IIBB.

Maʼlum qilinishicha, juda koʻpchilik bunday yolgʻonlarga chuv tushgan.

Qashqadaryoda 3 ballik zilzila sodir boʻldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 10.04.2024 18:08 da (10.04.2024 yil, Grinvich boʻyicha 13:08 da) zilzila sodir boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida 3 ball, 9 km.

Andijonda “otkatchilar” ushlandi

Andijonda qiymati 42 mlrd. soʻmlik loyihani olib bermoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari shaxslardan birini soʻralgan puldan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga oldi.

Noqonuniy oltin qazib chiqaruvchilar qoʻlga olindi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani “Mirishkor” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1984 yilda tugʻilgan mavsumiy ishchi X.X., 1997 yilda tugʻilgan sport maktabi murabbiysi N.O., 1987 yilda tugʻilgan tuman obodonlashtirish boʻlimi ishchisi O.S.lar noqonuniy tarzda oltin rudalarini qazish bilan shugʻullanayotgani aniqlandi.

 Bojxona toʻlovidan qochmoqchi boʻlgan MAN

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovud-ota” chegara bojxona posti orqali qoʻshni Qozogʻistondan kirib kelgan MAN rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona toʻlovlaridan qochish maqsadida yoʻl yuk hujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 588 million soʻmga teng boʻlgan 168 ming juft “Rezina qoplamali trikotaj qoʻlqop” tovarlarini bojxona rasmiylashtiruviga taqdim qilmasdan, mamlakat hududiga olib kirish holati aniqlandi.