$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 24-mart voqealari

3 24

Teraktni qoralagan Otabek Umarov, paratsetamoldan ogohlantiruv, avtobus bosib ketgan ayol, maktab o'quvchilari bikan ag'darilgan "Cobalt" — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.

Teraktni qoralagan Otabek Umarov

Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari hamda kuyovi Otabek Umarov ham “Crocus City Hall” konsert zalida yuz bergan terrorchilik harakatlariga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

“Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan vahshiy terrorchilik harakati oqibatida Rossiya xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur ta’ziya izhor etaman”, deb yozgan u.

So‘zida davom etar ekan, Umarov zo‘ravonlik va terrorizmning har qanday ko‘rinishini, ya’ni bu shafqatsiz jinoyatni keskin qoralashi va terrorning har qanday ko‘rinishini butunlay rad etishini bildirgan.

Shifokorning paratsetamoldan ogohlantiruvi

Jarroh Aleksandr Umnov paratsetamolning ikkita eng xavfli yon ta’siri ichki qon ketishining rivojlanishi va jigar shikastlanishi ekanligini tushuntirdi.

"Birinchisi, ba’zi odamlarda anafilaktik shokning rivojlanishi, o‘tkir eroziya va oshqozon yarasi rivojlanishi tufayli oshqozon-ichak traktidan qon ketishi. Va gepatotoksik ta’sir. Bu funksiyasi buzilgan, CYP2E1 fermenti yetishmaydigan bemorlarda sodir bo‘ladi, bu esa paratsetamolning gepatotoksik metabolitini hosil bo‘lishining kuchayishiga olib keladi", — ta’kidladi Umnov.

Bundan tashqari, paratsetamol 50 xil preparatni o‘z ichiga olgan holda sotiladi. Dori-darmonlarni aniq va shifokor tomonidan belgilangan dozada qo‘llash muhimdir. Agar ruxsat etilgan maksimal sutkalik doza kg uchun 60 mg bo‘lsa, unda 100 mg / kg allaqachon zaharli doza bo‘lib, o‘limga olib kelishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi pediatr Svetlana Budanseva.

Maktab o‘quvchilari bilan ag‘darilgan "Cobalt"

Joriy yilning 22-mart kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidan o‘tuvchi 4K 953 avtomobil yo‘lning 3-kilometrida "Cobalt" rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida, Bog‘ot tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan N.X. (erkak) o‘ziga tegishli bo‘lgan "Cobalt" rusumli avtomashinani boshqarish paytida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi dala maydoniga ag‘darilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

Avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan 2006 va 2007-yillarda tug‘ilgan ikki nafar qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avtobus bosib ketgan ayol

Toshkentda avtobusdan tushayotib, yiqilgan ayolning oyog‘i avtobus balloni ostida qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, 30-35 yoshlar atrofidagi ayol avtobusdan tushayotganida qoqilib ketgan. Oqibatda uning oyog‘ini avtobus bosib ketgan. Zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan ayol ikki soat davomida jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgan.  

Tekshiruvlar natijasida jarohatning juda kattaligi: oyoqning yirtilgan, ezilganligi aniqlangan. Shifokorlar to‘qimalar hayotga nomutanosib bo‘lgani sababli ayolning oyog‘ini son qismidan kesib tashlashga majbur bo‘lgan.