$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-fevral voqealari

2 17

Qashqadaryoda ko‘prik qulab tushdi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tepasiga og‘ir avtotransport chiqqan ko‘prik qulab tushdi. Ma’lum qilinishicha, Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Muborak – Pomuq – Alang – Nishon”‎ avtomobil yo‘lining 17-kilometrida, 1982-yilda (zovur ustida) qurilgan ko‘prik og‘ir yuk muntazam harakatlanishi natijasida nosoz holatga kelib qolgan. Hozirda ko‘prikdan harakatlanish to‘liq cheklangan, axborot beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan va avtotransport harakati uchun vaqtinchalik aylanma yo‘l tashkil qilingan.

Biroq 2024-yil 16-fevral kuni og‘ir avtotransport vositasi aylanma yo‘ldan emas, nosoz ko‘prikdan harakatlanishi oqibatida uning temir-beton plitalari singan va qulab tushgan. Sodir bo‘lgan hodisada salbiy holat kuzatilmagan.

Mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi, viloyat prokuraturasi, IIB TQB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yoshlar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.I. o‘z uyida 36 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 208,2 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Chegarada ushlangan ikkita qurol

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Rossiya Federatsiyasidan “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari va bagaji bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, fuqaro pnevmatik to‘pponchani olib kelayotganligi aniqlandi. Bojxona nazorati davomida fuqaroga tegishli qora rangli sumka ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 1 dona 4.5 mm.li “Stalker” nomli pnevmatik to‘pponcha, 25 dona pnevmatik to‘pponcha gaz ballonlari hamda 1482 dona pnevmatik to‘pponcha o‘qlari borligi aniqlandi.

Xuddi shunday yana bir holatda “Dovud-ota” chegara bojxona postiga “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilganida 1 dona “Ansar BRT 9 mm” nomli shovqinli to‘pponcha hamda 36 dona “9 mmli R.A.K” nomli rezina uchli patronlarni Rossiya Federatsiyasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib o‘tayotganligi aniqlandi.

Navoiyda kuchli shamol

Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuchli chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Unga ko‘ra, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuchli shamol bo‘layotgani sababli chang-bo‘ronli ob-havo sharoiti davom etmoqda. Buning oqibatida ko‘rinish masofasi 40-50 metrgacha, ayrim joylarda undan ham ko‘proq masofaga pasaygan.

Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar Z.N., S.I va boshqalar o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida tashkil etgan yashirin syexlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 274 litr qo‘lbola yog‘, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.


Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.