$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-dekabr voqealari

Qora 20-dekabr

Salkam 1 mlrd. so‘mni o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

Ko‘kdala tumanida MChJ rahbari isitish tizimini ta’mirlashda 934,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S-TH.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 934,4 mln so‘m budjet mablag‘larini hamda ushbu ijtimoiy soha ob’yektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mirzachoʻlda tibbiyot birlashmasi mansabdorlari byudjetni talon-toroj qilishdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning toʻlanishi qonuniyligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi.

Natijada, tibbiyot birlashmasining mansabdor shaxslari 2023-yilning yanvar oyidan 2024-yilning noyabr oyiga qadar ataylab 17 nafar ishchi-xodimga jami 935 mln 455 ming soʻm pul mablagʻini ish haqi sifatida asossiz ravishda toʻlab berishgan. Soʻngra ushbu pul mablagʻini ishchi-xodimlarning bank kartalaridan yechib olib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborishgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijondagi yirik korxona rahbari “BMW X5”ni xatlashga kirishilgandan so‘ng jarimani to‘ladi

Ish hujjatlariga ko‘ra, Andijondagi yirik mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining hukmiga asosan MChJ rahbari K.A.ga bazaviy hisoblash miqdorining 160 baravari miqdorida 48 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan jinoiy jarimani undirish bilan bog‘liq ijro ishiga asosan tegishli tartibda qarzdor ogohlantirilgan. Biroq, jarima pullari berilgan ixtiyoriy muddat davrida to‘lanmagach, qarzdorga tegishli “BMW X5” avtomashinasini xatlash ishlariga kirishilgan.

Shundagina, qarzdor tayinlangan jinoiy jarima pullarini to‘lashini bildirib, barcha to‘lovlarni amalga oshirgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda“T.Ch.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasi tarmog‘iga ulanib, jami 288,2 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Xo‘jayli va Ellikqal’a tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.-J.” oilaviy korxonasi va “D.S.” MCHJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 210,5 mln. so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat