$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-noyabr voqealari

Qora 30-noyabr

 Koreyaga ishlash uchun borgan ikki nafar yurtdoshimiz ish joyidan qochib ketdi

Migratsiya agentligining xabar berishicha, joriy yilning 11-noyabr kuni Ye-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga 100 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketgan. Ularning orasidan ikki nafari (Samarqand va Jizzax viloyatlaridan) oradan 3-4 kun o‘tganidan so‘ng o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan.

O‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlamasdan, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga mas’ullar bordi va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilindi. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

16 yoshli o‘smir “Chorsu” mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi

16 yoshli o‘smir “Chorsu” mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 28-noyabr kuni soat taxminan 19:30 larda Shayxontohur tuman IIO FMB NQga tushgan xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xumoyun dahasi, 1-tor ko‘chasi, 6a-uy, 9-xonadonda yashagan 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro Y.Y. sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqib, binoning 21-qavatidan 3-qavatigacha tushib, voqea joyida vafot etgan.

Marhum Y.Y.ni vafot etganligi holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Farg‘onada ayollarni Turkiyaga fohishalikka olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Turkiyaning Istanbul shahriga 2 nafar ayolni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketayotgan 22 yoshli shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘tkazilgan tadbir davomida 2002 yilda tug‘ilgan Turkiyada yashovchi shaxs joriy yilning 19 noyabr kuni Farg‘ona shahriga kelib, 2 nafar ayoni ishonchiga kirgan. Shundan so‘ng ularni Turkiyaning Istanbul shahrida nopok ishlarni qilib, mo‘may daromad topishga qiziqtirib, o‘z hisobidan ketish uchun 27 noyabr kuni Toshkent – Istanbul reysiga elektron bilet olgan va o‘zi bilan ayollarni olib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 41 yoshli xodimi vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i Fazlidinxon Dadaxonov bugun, 30-noyabr kuni 41 yoshida vafot etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Mas’uliyatli rahbar Fazlidinxon Mahamadixonovich o‘z ishiga fidoyi bo‘lgan haqiqiy kasb egasi sifatida yorqin iz qoldirdi. 2008-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklarida turli lavozimlarda ishlab keldi”, deyiladi xabarda.

Bosar-tusarini bilmagan haydovchi katta jarimaga tushdi

Buxoro markaziy ko‘chalaridan birida ko‘zgusimon va qoraytirilgan oynali, shuningdek, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositasidan ruxsatsiz foydalangani yetmaganday, ogohlantirishlarga qaramay, ketma-ket qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan haydovchiga chora ko‘rildi.

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning ma’lum qilishicha, haydovchi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining bir nechta moddalari bilan javobgar, deb topilgan va 9,5 million so‘m jarimaga tortilgan.

Теги :
Jamiyat