$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 24-oktyabr voqealari

24.

Jizzaxda 2,2 mlrd. so‘m kredit olib qochib yurgan fuqaro qaynotasining uyidan topildi

Jizzax shahrining Ravalliq mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro 2022 yilda tijorat bankidan 2 mlrd 150 mln so‘m miqdorida 125 bosh chorva mol sotib olish uchun kredit olgan. Lekin mablag‘ni maqsadli ishlatmagan va shu bois 4 mart kuni unga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida uning yashringan joyi aniqlangan. U qaynotasining Jizzax shahar Oqqo‘rg‘on mahallasidagi uyi yerto‘lasidan topildi va hibsga olindi.

Farg‘onada onlayn qimor o‘yinlarini reklama qilgan instabloger ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi tezkor hodimlari tomonidan Instagram platformasidagi akkaunt foydalanuvchisi tavakalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlarini faol targ‘ib qilib kelayotganligini aniqlandi.

Aniqlanishicha, u turli reklama roliklarini o‘z sahifasiga joylashtirib, onlayn qimor reklamasini yo‘lga qo‘ygan.

Tezkor tadbirlar natijasida, mazkur akkaunt foydalanuvchisi bo‘lgan shaxs, 2002 yilda tug‘ilgan Quva tumanida yashovchi shaxs gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olindi.

Ikkita nomdagi dori vositasining qalbakilashtirilganligi aniqlandi

O‘tgan haftada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahri hamda Toshkent, Namangan, Andijon, Xorazm hamda Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbilar o‘tkazilgan.

Tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlari esa Markaz laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining Postmarketing nazorati boshqarmasining xabar berishicha, tahlil natijalariga ko‘ra, 288 nomdagi 4 510 o‘ram farmatsevtika mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi.