$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2024-yil 27-oktyabr voqealari

negative

Jizzaxda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida 26-oktyabr kuni soat 09:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, haydovchi — 1986-yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi Faw rusumli hamda haydovchi — 1993-yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi Howo A7 rusumli yuk avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Komil Allamjonov boʻlgan avtomobilga oʻq uzganlardan biri ushlandi

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, oʻtkazilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlarida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Toshkentda yuzlab aholi elektrsiz qoldi

Yakkasaroy tumanida qurilish tashkilotining ta’mirlash davomida elektr tarmogʻiga shikast yetkazdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Tumanning “Boshliq” mavzesi va Bobur mahallasi iste’molchilari qisman (530 ta) elektr ta’minotidan uzilgan. Hozirda esa ushbu nosozlik bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Qamchiq dovonida ehtiyot boʻling!

Qamchiq dovonining ayrim joylarida yomgʻir, ayrimlarida esa qor yogʻmoqda. Avtomashinalar ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Haydovchilardan tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish soʻralmoqda.

Теги :
Jamiyat