$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-oktyabr voqealari

negative

Yuk mashinasi va fura YTHga uchradi

Bugun, 2024-yil 26-oktyabr kuni soat 09:30 larda Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 19860yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi “Faw” rusumli hamda 1993-yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi “Howo A7” rusumli yuk avtomobillari to‘qnashib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

2023-yilda 6 oy muddatga 2-guruh nogironligi tayinlangan fuqaro nogironlikni uzaytirish uchun qayta tibbiy ko‘rikka borgan vaqtida, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilib, 700 AQSH dollari miqdorida “pora” talab qilgan.

Ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirildi.

2024-yil 16-oktyabr kuni shifokori ish joyida 2,5 mln. so‘m miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda “peshexod”dan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermagan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus haydovchisi avtobusni qo‘pol ravishda boshqarib, piyodalarga yo‘l bermagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 136-sonli avtobus haydovchisi A.N. Olmazor tumani Saqichmon ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda yo‘l harakati qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Haydovchi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermay, yo‘l qatnov qismining o‘ng tomonidan harakatlangan.

Hozirda haydovchi A.N. bilan “2-avtobus saroyi” filiali o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

15 yoshli bolani poyezd urib ketdi

23-oktyabr kuni Toshkent mintaqasi temiryo‘lining Nurhayot — Salar bekatlari oralig‘ida poyezd voyaga yetmagan fuqaroni urib ketdi.

Soat 17:52 da shahar IIBBga temiryo‘lning 7-to‘sig‘ida poyezd noma’lum shaxsni urib yuborgani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi belgilangan o‘tish joyidan velosipedda o‘tayotgan Sh. Ch.ni (2009-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Bola Qashqadaryodagi kollej 1-kurs talabasi hisoblanadi va onasi bilan Qibray tumaniga mehmonga kelgan.

U tez tibbiy yordam mashinasida Yunusobod tumani 7-son shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. 24-oktyabr kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazining “Bolalar bo‘limi”ga o‘tkazilgan.

Unga bosh miya chayqalishi, aralash shikast, ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘pka lat yeyishi, qorin yopiq jarohati tashxisi qo‘yilgan.


Теги :
Jamiyat