$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozog‘iston neft qazib olish ko‘rsatkichini yaxshilab, yiliga 100 million tonnaga yetkazmoqchi

Qosim

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada xorijiy investorlar bilan uchrashib, bir qator masalalarni muhokama qildi. To‘qayevga ko‘ra, mamlakatning neft qazib olish ko‘rsatkichi yiliga 100 million tonnage yetishi darkor.

Neft Qozog‘iston taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi

“Xalqaro neft kompaniyalari mamlakat taraqqiyotida asosiy rol o‘ynadi. Ularning Qozog‘istonda mavjudligi sarmoyaviy jozibadorlik belgisidir. Investitsiyalar energetika sanoatining o‘sishiga turtki bo‘ldi, so‘nggi 30 yil ichida neft qazib olish uch baravar oshdi. Bu yutuq Qozog‘istonga neft qazib olish o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lgan yetakchi beshlikka kirish imkonini berdi. Kelgusida yiliga 100 million tonna me’yordan o‘tishga intilamiz”, deydi To‘qayev.

Prezident mamlakatdagi gaz va neft-kimyo sanoatining rivojlanishi haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

“Yangi gaz konlarini qidirishni boshlab, Chevron kompaniyasi bilan hamkorlikdagi faoliyatimizni kengaytirdik. Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. 2022-yilda yiliga 500 ming tonna quvvatga ega Markaziy Osiyodagi eng yirik polipropilen ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdik”, deya qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston yetakchisi.

Mamlakat daromadiga katta hissa olib keluvchi polietilen zavodi qurilgan

Shuningdek, To‘qayevning ta’kidlashicha, ayni paytda mazkur korxona ichki talabning qariyb 60 foizini qondirib, mahsulotlarini Yevropa, Turkiya va Xitoyga eksport qilmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida mamlakat yiliga 102 million tonna polietilen ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurilishini boshlagan.

Ayni paytda neft-kimyo sohasida umumiy qiymati 14 milliard dollar bo‘lgan qator loyihalar, xususan, butadien, telofil kislota, karbamid ishlab chiqarish ko‘rib chiqilmoqda.