$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahridagi AYOQSHlarda sifatsiz neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishiga chek qo‘yildi

zapravka

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda. Tekshiruvlar davomidaToshkent shahridagi bir nechta AYOQSHlarda sifatsiz neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishiga chek qo‘yildi.

AYOQSHlardagi benzinlar DTS talablariga mos emas

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “S.G.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92 va AI-95-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, o‘xshash holat Shayxontohur tumanida joylashgan “E.O.P.” MChJga qarashli AYOQShda ham aniqlandi.

Korxonalarga chora ko‘rilgan

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida “F.B.H.” MChJ va Jalaquduq tumanida joylashgan “E.P.M.”MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgan edi va ushbu korxonalarning ham birja saylovlarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgandi.