$
 12774.98
-15.14
 13914.51
-21.6
 130.14
0.11
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi davlat xaridlari bo‘yicha shartnoma tuzilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tadi

Jamoatchilik muhokamasi

“Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Kimlar ustunlikka ega bo‘ladi?

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda narx va boshqa sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, belgilangan mezonlarning biriga to‘g‘ri kelgan taqdirda: nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining takliflari ustunlikka ega bo‘ladi. 2024-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismini, biroq BHMning 30 baravaridan (10 mln. 200 ming so‘m) oshmagan miqdorda qoplab beriladi. Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va ushbu tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2024-yil 1-oktyabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida 1 ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida 2 ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Davlat xaridlari platformasi yaratildi

Ushbu qarorga muvofiq 2024-yil 1-sentyabridan:

ustav fondida(ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja, jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar(ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi;

davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmachilarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘ladigan tovarlarni mahalliylashtirish orqali kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratiladi.

2024-yil 1-oktyabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga ko‘ra tovarlar(ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga bu sahifa orqali boshlang‘ich narxni shakllantirish imkoniyati yaratiladi deb xabar beradi. Davlat xaridlarining onlayn platformasi yaratilishi uchun deadline 2024-yil 1-dekabrgacha. Har yil yakuni bo‘yicha keyingi yilning 1-apreligacha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.