$
 11934.64
-14.39
 13896.69
-25.12
 164.14
-2.14
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar kommunal xizmatlar va valyuta kursining oshishidan xavotirda

Narx

Markaziy bank may oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi

Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha yillik kutilmalari 14 foizni tashkil qilib, aprel oyiga nisbatan o‘zgarmagan.

Narxlar oshishiga sabab

Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (57 foiz);

valyuta kursi o‘zgarishi (49 foiz);

yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (49 foiz);

monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishi (30 foiz);

transport xarajatlarining oshishi (28 foiz).

Kommunal xizmatlar narxining oshishidan xavotir

May oyida kelgusida narxlarga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida kommunal xizmatlar narxining oshishini qayd etgan respondentlar ulushi ko‘paygan bo‘lsa, valyuta kursining o‘zgarishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari

May oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik subyektlarining kutilmalari 12,7 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,6 foiz bandga pasaygan.

Biznes vakillarining fikri

Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (55 foiz);

valuta kursining o‘zgarishi (52 foiz);

yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishi (43 foiz);

soliq yukining yuqoriligi (35 foiz);

transport xarajatlarining qimmatlashishi (33 foiz).

Tadbirkorlar kommunal narxi va soliq yukidan xavotirda

Kommunal xizmatlarning qimmatlashishi va soliq yukining yuqoriligini narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar ulushi oshgan bo‘lsa, valyuta kursining o‘zgarishini inflatsiyaga asosiy sabab bo‘ladi deb belgilaganlar salmog‘i kamaygan.

Eng yuqori inflatsiyon kutilma tibbiyot xodimlarida

So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma tibbiyot (16,8 foiz) sohasida ishlovchilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani savdo sohasi vakillari (10,5 foiz) belgilagan. 

Tadbirkorlik subyektlari orasida eng pessimistik kutilma ta’lim (14,5 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa qishloq xo‘jaligi (11 foiz) sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (18,6 foiz) va Qashqadaryo viloyatida (16,5 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston (11,9 foiz) va Jizzax viloyatida (12,1 foiz) qayd etilgan. 

O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toshkent shahri (16 foiz) va Navoiy viloyatida (14,5 foiz) baland, Qoraqalpog‘istonda (9,7 foiz) esa eng past bo‘lgan.

Inflyatsion kutilmalar rekord darajaga yetgan

Daromadlari 5 mln. so‘m va undan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori shakllangan. Eng yuqori daromad egalarining inflyatsion kutilmalari 19,9 foizga yetgan. Bu oxirgi 1,5 yillikdagi eng baland ko‘rsatkichdir.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot