$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Ilk marta muomaladagi naqd pul miqdori 50 trln. soʻmdan oshdi

naqd pul

1-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pullar 539 mlrd. soʻmga koʻpayib, 50,4 trln soʻmni tashkil qildi. Bu rekord koʻrsatkichdir.

Milliy valyutadagi pul massasi 186,9 trln. soʻmga yetdi

Markaziy bank pul agregatlari haqida taqdim etgan ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda keng ma’nodagi pul massasi iyul oyida 5,7 trln. soʻmga ortib, 1 avgust holatiga 242,2 trln. soʻmga yetgan.

Xususan, milliy valyutadagi pul massasi 6,5 trln. soʻmga koʻpayib, 186,9 trln. soʻmni tashkil etmoqda.

Muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldigʻi 50,4 trln. soʻmni tashkil etdi

Shuningdek, chet el valyutasidagi depozitlar qoldigʻi 778 mlrd. soʻmga kamaygan boʻlsa, tor ma’nodagi pul massasi 2,3 trln. soʻmga oshgan.

Xususan, iyul oyida muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldigʻi 539 mlrd. soʻmga koʻpayib, 1 avgust holatiga 50,4 trln. soʻmni tashkil etgan. Bu rekord koʻrsatkichdir.

Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldigʻi 4,8 trln. soʻmga koʻpaygan. Milliy valyutadagi boshqa depozitlar esa yil davomida 17,2 trln. soʻmga, iyul oyida esa 4,2 trln. soʻmga oshgan.

Keng va tor ma’nodagi pul massasi

Keng ma’nodagi pul massasiga — naqd pullar, boshqa nomoliyaviy va moliyaviy tashkilotlardagi talab qilib olingungacha boʻlgan milliy va chet el valyutasidagi jamgʻarma hamda depozitlar kiradi.

Tor ma’nodagi pul massasiga — muomaladagi naqd pullar va milliy valyutadagi talab qilib olingungacha boʻlgan depozitlar kiradi.

Naqd pulga talab oshishining sababi

Naqd pulga talab oshishiga uzoq muddatli omillar (iqtisodiy oʻsish, demografik oʻzgarishlar va moliya sektorining rivojlanishi) bilan bir qatorda, mavsumiy iqtisodiy faollikning oshishi, chet eldan pul oʻtkazmalari koʻpayishi, valyuta kurslari barqarorligi kabi omillar ham ta’sir qiladi.

Naqd pul hajmi yil davomida

Tahlil va kuzatuvlarga koʻra, Oʻzbekistonda aprel-may oylaridan boshlab iqtisodiy faollik jadallashuvi (toʻy va shunga oʻxshash marosimlar soni koʻpayishi, qurilish ishlari tezlashishi, yozgi pishiqchilik, dam olish va ular bilan bogʻliq xarajatlar ortishi) naqd pulga boʻlgan talabni oshiradi va ushbu tendensiya noyabr oylariga qadar davom etadi.

Noyabrdan mart oyigacha boʻlgan davrda muomaladagi naqd pul hajmi sezilarli darajada kamayadi.

Aprel-noyabr oylarida chet eldan pul oʻtkazmalari koʻpayishi bilan aholi tomonidan valyuta sotuvi hajmi ham oshib boradi. Soʻmning AQSh dollariga nisbatan qadri mustahkamlanishi yoki barqarorligini saqlab turishi sharoitida ushbu tendensiya yanada jadallashadi.

Теги :
Jamiyat