$
 12136.57
-0.53
 14318.73
11.52
 157.70
-0.83
weather
+26
Кечаси   +14°

Nafaqaxo‘rlar uchun eng qulay davlatlar reytingi e’lon qilindi

nafaqa

Keksalikni tinch va barqaror o‘tkazish har kimning orzusi. Ammo hamma davlatda ham sharoit bir xil emas. 2025-yilgi Natixis Global Retirement Index reytingi nafaqadagi hayot uchun eng qulay mamlakatlarni aniqladi. Natijalarga ko‘ra, Yevropa davlatlari yana yetakchilikni qo‘lga oldi, Shimoliy Amerika esa biroz ortda qoldi. 

Xo‘sh, Markaziy Osiyo davlatlari ushbu reytingda nechanchi o‘rinni egalladi?

Reyting qanday tuzildi?

Natixis Global Retirement Index reytingi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tuzilgan. Ular nafaqadagi moliyaviy barqarorlik, moddiy farovonlik, sog‘liqni saqlash va hayot sifati hisoblanadi. Bunda pensiya tizimi qanchalik mustahkamligi, inflyatsiya darajasi, aholi daromadi, ishsizlik, umr davomiyligi va atrof-muhit holati kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Shu omillar birgalikda keksalikni qayerda qulayroq o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatadi.

Yevropa yetakchi o‘rinda

Reytingda birinchi o‘rinni Norvegiya 83 foiz bilan egalladi. Bu davlatda pensiya tizimi kuchli, aholi daromadi yuqori va hayot sifati yaxshi. Irlandiya 82 foiz bilan ikkinchi o‘rinda, Shveysariya esa 81 foiz bilan uchinchi pog‘onada turibdi. 

4. Islandiya – 79%

5. Daniya – 79%

6. Niderlandiya – 79%

7. Avstraliya – 77%

8. Germaniya – 76%

9. Lyuksemburg – 75%

10. Sloveniya – 75%

Norvegiya yuqori daromad, kuchli pensiya tizimi va yaxshi hayot sifati sabab yetakchi bo‘ldi. Irlandiya so‘nggi 10 yilda 15-o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarilib katta sakrash qilgan. Shveysariya esa barqaror iqtisodiyot va rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimi bilan yuqori o‘rinda turibdi.

Keyingi o‘rinlar

11. Chexiya – 74%

12. Yangi Zelandiya – 73%

13. Singapur – 73%

14. Buyuk Britaniya – 72%

15. Avstriya – 72%

16. Isroil – 72%

17. Belgiya – 71%

18. Shvetsiya – 71%

19. Malta – 70%

20. Kanada – 70%

21. AQSh – 70%

22. Janubiy Koreya – 69%

23. Finlyandiya – 66%

24. Slovakiya – 66%

25. Kipr – 66%

Singapur 2015-yilda 25-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, hozir 13-o‘ringa ko‘tarildi. Bu uning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq.

Shimoliy Amerika va boshqa davlatlar

Kanada va AQSh 70 foiz natija bilan reytingning pastroq qismida joylashgan. AQSh 21-o‘rinni egallagan bo‘lib, tibbiyot xarajatlarining qimmatligi va davlat qarzi yuqoriligi umumiy ballga salbiy ta’sir qilgan. Kanada esa uy-joy narxlarining qimmatligi sabab bu yil 7 pog‘onaga tushib ketdi. Janubiy Koreya 69 foiz, Finlyandiya, Slovakiya va Kipr 66 foiz natija qayd etgan. Bu ko‘rsatkichlar nafaqadagi hayot faqat daromad bilan emas, balki sog‘liqni saqlash tizimi va umumiy yashash sharoitlari bilan ham bevosita bog‘liq ekanini anglatadi.

Теги :
Jamiyat