$
 12225.16
26.06
 14560.17
-25.07
 162.01
1.52
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolali oilalar uchun signal: Vazirlik nimani rejalashtiryapti?

nafaqa

So‘nggi yillarda ko‘plab oilalar uchun bolalar nafaqasi muhim qo‘shimcha yordamga aylandi. Ayniqsa, narx-navolar oshib borayotgan bir paytda bu masala ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilda bolalar nafaqasi miqdorini oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Xo‘sh, bolalar nafaqasi qanchaga oshadi?

Nafaqa inflyatsiyadan kam bo‘lmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori Sherzod Mehamedovning aytishicha, bolalar nafaqasi miqdori inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022–2023-yillarda mamlakatda deyarli har uch oiladan biri bolalar nafaqasi olgan. Ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich 30 foizga yetgan.

Shu sababli o‘sha yillarda nafaqa miqdorini oshirish imkoniyati bo‘lmagan. Keyinchalik ijtimoiy yordam tizimi qayta ko‘rib chiqilib, raqamlashtirish va manzillilik kuchaytirildi. Natijada yordam faqat haqiqatan muhtoj oilalarga beriladigan bo‘ldi.

Yordam aniq manzilga yetyapti

Vazirlik vakili hozirda ijtimoiy yordamlar uchun mezonlar yangilangan va mablag‘lar ehtiyojmand oilalargagina to‘lanayotganini ta’kidladi. 2025-yilda bolalar nafaqasi ish haqi va pensiyalar bilan birga indeksatsiya qilingan. Bu jarayonda inflyatsiya darajasi albatta inobatga olingan.

2025-yil dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatda yillik inflyatsiya 7,3 foizni tashkil etgan. Shu sabab 2026-yilda ham nafaqa miqdorini oshirish rejalari mavjud.

Hozirgi bolalar nafaqasi miqdori qancha?

Ma’lumot uchun, bolalar nafaqasi miqdori 2021-yil kuzidan 2025-yil iyuligacha o‘zgarmagan. O‘tgan yil iyulidan boshlab 3 yoshgacha bo‘lgan bola uchun oyiga 360 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bola uchun 275 ming so‘m, ikkinchi bola uchun qo‘shimcha 165 ming so‘m hamda uchinchi va undan keyingi har bir bola uchun 110 ming so‘mdan belgilangandi. Sherzod Mehamedov bu pullar oilaning asosiy daromadi emas, balki ishlayotgan daromadga qo‘shimcha yordam sifatida berilishini ham alohida ta’kidladi.

Теги :
Jamiyat