$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Dunyo muzliklari asr boshidan beri o‘z hajmining besh foizini yo‘qotgan

muzlik

Global muzliklarning erishi tezlashmoqda, kelgusi yillarda bu dengiz sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Xalqaro tadqiqotchilar guruhi so‘nggi o‘n yilda muz erishining keskin ko‘payganini aniqladi.

Muzliklar erishi natijasida dengiz sathi yuqori ko‘tarilishda davom etaveradi

2012-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda 2000-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan davrga nisbatan taxminan 36 foiz ko‘proq muz erigan.

Syurix universitetining professori va tadqiqot hammuallifi Maykl Zemp natijalar kutilmagan bo‘lmasa-da, “hayratlanarli” ekanini ta’kidladi. Kichikroq muzliklarga ega bo‘lgan hududlar ularni tezroq yo‘qotmoqda va ko‘pchiligi “joriy asrda saqlanib qolmaydi”.

Shuning bilan birga, sababli biz asr oxirigacha dengiz sathining ilgari kutilganidan ham yuqoriroq ko‘tarilishi bilan yuzma-yuz turibmiz, dedi Zemp.

U muzliklarning yo‘qolishi, ayniqsa, Markaziy Osiyo va Markaziy And tog‘larida chuchuk suv ta’minotiga ham ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Har yili taxminan 273 milliard tonna muz yo‘qotilmoqda

Tadqiqotchilar muzliklar asr boshidan beri o‘z hajmining besh foizini yo‘qotganini aniqladi. Bu ko‘rsatkich mintaqalar bo‘yicha sezilarli farq qiladi: Antarktidada ikki foizdan Yevropa Alplarida esa 40 foizgacha yo‘qotish kuzatilgan.

Olimlarga ko‘ra, o‘rtacha hisobda har yili taxminan 273 milliard tonna muz yo‘qotilmoqda. Bu miqdor butun dunyo aholisining 30 yil davomidagi suv iste’moliga teng.

Tadqiqot Butunjahon muzliklarni kuzatish xizmati (WGMS), Edinburg universiteti va Earthwave tadqiqot guruhi tomonidan olib borilgan. 

Tadqiqotda ishtirok etmagan Ekseter universiteti professori Martin Zigert ushbu izlanishni “tashvishli” deb baholadi. Chunki bu muzliklarning yanada ko‘proq yo‘qolishini prognoz qiladi.

Muzliklarni asrab qolish uchun issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish kerak

Muz qatlamlari massasini tezlashgan sur’atda yo‘qotmoqda — 30 yil avvalgiga nisbatan olti barobar ko‘proq. Bu o‘zgarganda biz santimetrlar haqida emas, balki metrlar haqida gaplasha boshlaymiz, dedi Zigert.

Zemp ogohlantirganidek, dunyo muzliklarini saqlab qolish uchun “issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish kerak, bu shunchalik oddiy va ayni paytda murakkab masala”.