$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

kulol

28-yanvar kuni “Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Muzeyni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Muzey

Muzeylar tarixiy, madaniy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyolarni yig‘ish, saqlash, o‘rganish va ommaga namoyish qilish bilan shug‘ullanuvchi muassasalardir. Ular san’at asarlari, texnika yutuqlari, tabiiy namunalar, tarixiy hujjatlar va boshqa qimmatli buyumlarni saqlaydi. Muzeylar jamiyatga ta’lim berish, madaniy merosni asrash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistondagi muzeylar

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda 140 ta muzey faoliyat yuritmoqda. 2023-yil davomida ushbu muzeylarga 5,7 million kishi tashrif buyurgan.

Muzeylar tashkil etilgan sanalar turlicha bo‘lib, ba’zilari XIX asrga borib taqaladi. Masalan, Toshkentdagi ilk muzey 1876-yilda ochilgan bo‘lib, hozirgi “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi” hisoblanadi. Shuningdek, 1996-yilda “Olimpiya shon-shuhrati muzeyi”, 1997-yilda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” va 2002-yilda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etilgan.

Tashkil etilayotgan muzeyning asosiy vazifalari

muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash;

madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish;

yoshlarni “ustoz-shogird” an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish;

kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;

ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro hamkorlik qilish;

Qaror bilan, muzeyni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

2025-yil 1-aprelga qadar muzeyga ajratilgan bino muzey faoliyati uchun to‘liq moslashtirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistondagi kulolchilik muzeyi avval ham tashkil etilgan

Ma’lumot uchun, Qadimgi Varaxsha va kulolchilik sanʼati tarixi muzeyi 1991-yilda tashkil etilgan. 2017-yilda muzeyning nomi oʻzgartirilib, Qadimgi Varaxsha va kulolchilik sanʼati tarixi muzeyi deb atalgan. Hozirda muzey Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi xonaqohi ichida joylashgan.