$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Joriy yilning 9 oyi davomida muzeylariga jami 3 004 549 nafar sayyoh tashrif buyurgan

muzey

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2024-yilning 9 oyi davomida mamlakatimiz muzeylariga jami 3 004 549 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.

Chet davlatlarda ko‘rgazma namoyishlari tashkil etilgan

Ma’lum qilinishicha, muzeylar hamda muzey ashyolari va kolleksiyalari targ‘ibotini yanada kuchaytirish maqsadida Berlin (Germaniya), Boku (Ozarbayjon), Florensiya, Venetsiya (Italiya) shaharlarida O‘zbekiston muzey ashyolarining ko‘rgazma namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Muzeylarga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida 27 ta muzeyda sovg‘alar va suvenir do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari, onlayn do‘konlar, rassomlar, artistlar va folklor jamoalari, hunarmandlar uchun hamda fotosessiya uchun maxsus hududlar tashkil etildi.

Shuningdek, muzeylarga inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida 53 ta muzeyda pandus yo‘lakchasi, 9 ta muzeyda ko‘tarilish vositasi (lift) o‘rnatildi va 35 ga yaqin muzeylarda audiogidlar tashkil etildi.

Madaniy boyliklarning noqonuniy olib chiqilmasligi uchun bir qator choralar ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi hamda vaqtincha olib chiqilishi va vaqtincha olib kirilishi, shuningdek, ularning noqonuniy aylanishini oldini olish yuzasidan mamlakatimiz hududida qator maqsadli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2024-yilning tegishli davri davomida madaniy boyliklarni olib chiqilishi uchun rasmiylashtirilgan sertifikatlar soni 918 tani, unga asosan respublikadan olib chiqishga ruxsat berilgan ashyolar soni 10,980 tani, madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqishga berilgan sertifikatlar soni esa 34 tani, predmetlar soni 369 tani tashkil etdi.

Shuning bilan birga, arxeologiya tadqiqotlarini olib borish uchun 110 ta ruxsatnoma hamda 70 ta ochiq varaq rasmiylashtirildi. Ruxsatnomalarning 70 tasi arxeologiya qazishmalari, 40 tasi arxeologik qidiruvlar uchun taqdim qilingan.

1 ta arxeologiya yodgorligini muzeylashtirish choralari ko‘rildi. 5 ta arxeologiya yodgorligida muzeylashtirish ishlarini olib borish uchun loyihalar ishlab chiqildi.

Xorijdagi madaniy boyliklarning ilmiy tavsifi tayyorlandi

Xususan, xorijdagi kutubxona, muzey, fond yoki boshqa ilmiy-madaniy muassasalarda saqlanayotgan mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid 308 ta madaniy boylikning ilmiy tavsifi tayyorlandi. Xorijda saqlanayotgan allomalarimiz merosiga oid qo‘lyozmalardan 15 ta elektron nusxalar olindi.

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasi bo‘yicha 2024-yilda jami 144 ta obyektda restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, yilning o‘tgan davri mobaynida Agentlik tomonidan restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha jami 64 ta loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi, shundan 42 ta loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari ekspertizasidan o‘tkazildi.

2024-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra respublika hududida jami hisobda 8 366 ta (7836 ta davlat mulki, 530 ta xususiy mulk) madaniy meros obyekti Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qaroriga asosan milliy ro‘yxatga kiritilib, ushbu ro‘yxat qayta shakllantirildi.

Jumladan, moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish uchun barcha viloyatlarimizda bo‘sh turgan madaniy meros obyektlarini ijaraga berish hamda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida 228 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berib, umumiy 1083 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Osiyo madaniy merosini saqlash alyansiga a’zo bo‘ldi

Shuningdek, joriy yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi Ustaviga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mamlakatimiz ushbu xalqaro tadqiqot markaziga 138-davlat bo‘lib qo‘shildi.