$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Musiqa o‘simliklar o‘sishini tezlashtirishi aniqlandi

music

Musiqa o‘simlik hujayralarini ko‘proq hosil qilishi aniqlandi. Tadqiqot davomida mutaxassislar tovush to‘lqinlarining Trichoderma harzianum zamburug‘i o‘sishi va ko‘payishiga qanday ta’sir qilishini tahlil qilishdi. Bu jarayon o‘simliklarni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlardan himoya qilish, rivojlanishini rag‘batlantirish va tuproqdagi ozuqa moddalarini ko‘paytirishda muhim rol o‘ynaydi. 

5 kun bir xil musiqa

Zamburug‘li idishlar maxsus ovoz izolyatorlariga joylashtirildi, ularda har kuni 30 daqiqa davomida 8 kGs chastotali bir xil ohangdagi musiqa 80 desibel balandligida yangrab turdi.

Besh kunlik kuzatuv yakuni bo‘yicha musiqa shovqini ostida bo‘lgan zamburug‘lar boshqa guruhdagi namunalarga nisbatan tezroq o‘sishi va o‘simlik hujayralarini ko‘proq hosil qilgani qayd etildi.

Natija qanday bo‘ldi?

Natijada eksperiment so‘nggida izolyatorlarda Trichoderma harzianum biomassasi 1,7 marta ko‘p bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, akustik to‘lqinlar zamburug‘larga yoki ularning membranalarining mikro-reseptorlariga ta’sir qiladigan elektr impulslariga aylanishi mumkin

Теги :
Jamiyat