$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yanvar oyida soliq huquqbuzarliklari haqida 9 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

soliq

2025-yilning yanvar oyida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 9 283 ta murojaat kelib tushgan.

Shikoyatlarning asosiy qismi xarid chekini bermaslik tashkil etmoqda

Shundan:

8 248 tasi xarid cheki bermaslik;

310 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

24 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

701 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 3 mingdan ortig‘i takroriy

Murojaatlarning 3 377 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 2 237 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 4 417 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 3,2 mlrd. soʻm mukofot to‘langan.

O‘tgan yilda 99 mingdan ortiq soliq huquqbuzarligi sodir etilgan

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida 99 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan edi.

2024-yil davomida kelib tushgan murojaatlar quyidagicha taqsimlandi:  

90 216 tasi xarid cheki bermaslik;

4 273 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

212 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

4 427 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Kelib tushgan murojaatlarning 54 435 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan. Murojaatlar asosida 37 897 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.  

Soliq qonunchiligini buzganlik haqida xabar bergan fuqarolarga 33 053 ta holat bo‘yicha mukofot to‘landi. Jami to‘langan mukofot summasi 22,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu mukofotlar undirilgan jarima summasining 20 foizini tashkil qiladi.

2023-yilda 39 mingdan ortiq murojaat xarid chekini bermaganlik uchun yo‘llangan

2023-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha 41 951 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

39 031 tasi xarid cheki bermaslik;

1 691 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

63 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

1 166 tasi boshqa turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha;

Murojaatlar asosida 17 292 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,5% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan. Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 19 798 ta holat bo‘yicha jami 9,9 milliard so‘m mukofot to‘langan.

Yanvar-iyun oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida kelib tushgan 68 129 ta murojaatdan 25 623 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 100% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan. Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 26 988 ta holat bo‘yicha jami 13,5 milliard so‘m mukofot to‘langan.