$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil davomida 1,9 milliard so‘m iste'molchilarga qaytarildi

murojaat

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasi 2024-yil davomida iste'molchilar va reklama faoliyatiga oid murojaatlarni tahlil qilib, muammolarni hal qilishda muhim qadamlar tashladi.

Murojaatlar soni va sohalar bo‘yicha taqsimot

2024-yilda jami 991 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning asosiy qismi quyidagi sohalarga tegishli:  

Uy-joy, kommunal va transport sohasi: 447 ta  

Savdo va umumiy ovqatlanish sohasi: 251 ta  

Aloqa va ijtimoiy xizmatlar: 171 ta  

Reklama va boshqa sohalar: 122 ta  

Murojaat shakllari

Kelib tushgan murojaatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lgan:  

- Yozma murojaatlar: 28 ta  

- Og‘zaki murojaatlar: 589 ta  

- Elektron murojaatlar: 374 ta  

Jismoniy va yuridik shaxslar faol ishtirok etdi:

- Jismoniy shaxslar tomonidan murojaatlar: 986 ta  

- Yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar: 5 ta  

1,9 milliard so‘m mablag‘ iste'molchilar foydasiga qaytarildi

Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida iste'molchilar foydasiga jami 1,9 milliard so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi. Bu iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali ishlarning natijasidir.

Теги :
Jamiyat