$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholi Pensiya jamg‘armasiga ko‘proq qaysi masalalar bo‘yicha murojaat qilyapti?

pensiya daftarchasi

2024-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Pensiya jamg‘armasiga jami 11 257 ta murojaat kelib tushdi. Bunda murojaatlar 2023-yilning mos davriga nisbatan 60 907 taga yoki 84,4 foizga kamaydi.

Qanday masalar bo‘yicha?

Kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘p 4 287 tasi pensiya miqdorini ko‘rib chiqish masalasida. Undan keyingi o‘rinlarda:

  • pensiya tayinlash— 2 384 ta;
  • pensiyalar to‘lovi — 1 383 ta;
  • pensiya tayinlashda ish stajini hisobga olish — 1 029 ta;
  • pensiya to‘lovi to‘xtatilishi — 515 ta;
  • fuqarolardan takliflar va boshqa masalalar — 1 659 ta.

Qaysi hududlardan murojaatlar ko‘p kelib tushyapti?

Yanvar— oktyabr oylarida eng ko‘p murojaat Qashqadaryo viloyatidan kelib tushgan — 1 435 ta. Undan so‘ng Samarqand viloyati — 1 021 va Surxondaryo viloyati — 856 ta.

Murojaatlarning 9 743 tasi ko‘rib chiqilib, tushuntirish va amaliy yordam berildi. 786 ta murojaat vakolati bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborildi, 546 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirildi (takror murojaatlar), 182 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.

Murojaatlar keskin kamaymoqda

Avvalroq Pensiya jamg‘armasiga 2024-yilning yanvar—sentyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,4 foizga kamaygani haqida xabar bergan edik. Tahlillarga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasiga mazkur oylarda jami 10 450 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 9 265 tasi elektron, 773 tasi yozma hamda 412 tasi ogʻzaki murojaatlardir. Eng koʻp murojaatlar kelib tushgan hududlar ichida Toshkent shahri yetakchi — 1 535 ta. Undan keyingi oʻrinlarda 1 340 ta hamda 1 266 ta murojaat bilan Qashqadaryo viloyati hamda Toshkent viloyatlari turadi.

Теги :
Jamiyat