$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Murojaatlar tahlili: Fuqarolar Milliy markazga ko‘proq qanday masalalarda murojaat qilyapti?

murojaat

AOKAda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmati rahbari Gʻulom Mirzayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida ma’lumot berildi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari va O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi qarori bilan berilgan vakolatlar doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Murojaatlar oqimi

2024-yilning 10 oyida Milliy markazga jami 1 256 ta murojaat kelib tushgan. Bu murojaatlarning 1 222 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli idoralarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Murojaatlarning 455 tasi, ya’ni 37,2 foizi fuqarolardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul jarayonida, 767 tasi – 62,7 foizi aloqa vositalari, asosan pochta aloqa tarmog‘i orqali olingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali – 16 ta, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi orqali – 2 ta va Milliy markazning Virtual qabulxonasiga 152 ta murojaat kelib tushgan.

Eng ko‘p murojaat – Toshkent shahridan

Hududlar kesimida taqqoslaganda, eng ko‘p murojaatlar – Toshkent shahri (29,4%); Qashqadaryo viloyati (16,6%); Toshkent viloyati (16,4%) – shu hududlarda yashovchi fuqarolardan kelib tushganligini ko‘rish mumkin. Aksincha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Andijon viloyatlari aholisidan murojaatlar soni kamaygan.

Murojaatlar mazmuni nimadan iborat?

Monitoring natijalari, o‘tgan yillardagi kabi, tahlil davri doirasida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati odil sudlovni amalga oshirish, sud qarorlaridan, dastlabki tergov harakatlari hamda ularni olib borgan mas’ul shaxslarning, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlaridan norozilik, yer ajratish, shaxsiy mulkka va uy-joyga bo‘lgan huquqlarga doir ekananligini ko‘rsatdi.

26 fuqaroning huquqlari tiklandi, 2 kishi qamoqdan ozod etildi

Milliy markaz tomonidan turli davlat idoralari va huquqni muhofaza qilish organlariga joriy yil 10 oyi davomida yuborilgan 380 dan ortiq tavsiyaning ko‘rib chiqilishi natijasida:

 -       26 ta murojaat yuzasidan fuqarolarning huquqlari tiklandi;

 -       46 ta holatda fuqarolarga huquqlari tiklanishida va qonuniy manfaatlarining amalga oshishida ko‘maklashildi;

 -       188 ta holatda fuqarolarga qonunchilik hujjatlari talablari bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Natijada, 1 nafar fuqaro oqlandi, 1 nafari qamoqdan ozod etildi va jazosi yengillashtirildi.

Fuqarolarga 744 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirib berildi

 Shuningdek:

 ·                 Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 4 nafar shaxs o‘z ishiga tiklandi;

 ·                 2 nafar shaxsning 12 mln. so‘mdan ortiq ish haqi undirilishi ta’minlandi;

 ·                 2 nafar shaxsning 15 mln. so‘mga yaqin aliment qarzdorligi;

 ·                 1 nafar pensionerning 1 mln. 200 ming so‘m pensiyasi;

 ·                 1 nafar shaxsga 744 mln. 500 ming so‘m kompensatsiya pullari undirib berildi.

 ·                 1 nafar mansabdor shaxs intizomiy;

 ·                 2 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

Sudlarda inson huquq va erkinliklari ta’minlanishini kuzatish maqsadida jami 12 ta sud jarayonida Milliy markaz vakili ishtirok etdi. Bundan tashqari, 2024-yilning o‘tgan davrida telefon qo‘ng‘iroqlari orqali murojaat qilgan 2 800 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Milliy markaz fuqarolarga yana qanday masalalarda yordam beryapti?

E’tiborli tomoni shundaki, bir insonning buzilgan huquqini tiklash uchun bir necha yillar talab etilmoqda. Ya’ni, Milliy markaz tomonidan ko‘rib chiqilgan ayrim murojaatlar bo‘yicha unda ko‘tarilgan masalani qonuniy hal qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organiga kiritilgan tavsiya va xulosalar yuzasidan bir necha yillardan so‘ng ijobiy qarorlar qabul qilinmoqda.

Shu bilan birga, Milliy markaz kiritgan tavsiyalarga binoan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari ham tiklanmoqda. Bu jarayonda bir qancha holatlarda murojaat ega

Fuqarolarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida joylarda ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.