$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

“Biznesni Rivojlantirish Banki” ta’sischiligida mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

mikromoliya tashkiloti

Toshkent shahrida “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB ta’sischiligida tashkil etilgan “Biznesni Rivojlantirish Mikromoliya Tashkiloti” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank boshqaruvi a’zolari, tadbirkorlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Kreditlar miqdori

Yangi mikromoliya tashkiloti mikro, kichik va o‘rta biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda rasmiy daromadi yo‘q fuqarolarga moliyaviy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashadi. 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar, 300 million so‘mgacha esa ta’minot asosida mikroqarzlar taklif etiladi.

Tashkilot O‘zbekiston Prezidenti qarorida belgilangan mikromoliya xizmatlarini kengaytirish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ochilish marosimi doirasida ishtirokchilar yangi ofis va xizmatlar bilan tanishdi.