$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Bosh prokuraturaga saylovga oid qancha murojaat kelib tushdi?

Saylov

Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.Aminov saylov jarayonida fuqarolarning huquqlarini, shuningdek, qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Murojaatlar mazmuni nima?

Qayd etilganidek, qonuniylikni ta’minlash, saylovga oid kelib tushgan murojaatlarni tezkor, xolis va qonuniy ko‘rib chiqilishini ta’minlash borasida prokuratura organlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan. Bosh prokuraturada xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Markaziy saylov komissiyasi bilan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Prokuratura organlariga bugunga qadar saylov masalasiga oid 6 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 2 tasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sayloviga, 4 tasi esa mahalliy Kengash deputatlari sayloviga oid.

Saylov qonunchiligi buzilmadi 

Qayd etilganidek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda saylovga oid e’lon qilingan xabar va ma’lumotlar ham kuzatib borildi va saylov qonunchiligi buzilmagani aniqlandi. Shuningdek, brifingda fuqarolar saylov qonunchiligi buzilishi holatiga duch kelganda, prokuratura organlarining 10-07 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qilishi mumkinligi aytib o‘tildi.