$
 12844.00
18.99
 13550.42
-1.77
 128.30
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Shaxsiy hayotdagi munosabatlar ish samarasiga qanday ta’sir qiladi?

munosabat

Xitoyning Insta360 kompaniyasi xodimlarining baxtiyorligi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb ishonadi. Shu sababli, kompaniya tanishuvlar va munosabatlar uchun pul mukofotlari berishni yo‘lga qo‘ydi.

Munosabatlarda barqaror bo‘lsangiz moliyaviy qo‘llab-quvvatlanasiz

Munosabatlar inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Inson kayfiyati kun davomida nafaqat o‘ziga, balki atrofidagi barcha odamlar va narsalarga yuqadi. Shuningdek, insonlarni shaxsiy hayotidan mamnunlik darajasi uning ishdagi faoliyatiga ham bevosita ta’sir qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Xitoyning Insta360 kompaniyasida har bir xodim ichki tanishuv platformasida e’lon joylashtirgani uchun 115 ming so‘m ($9) oladi. Agar ikki xodim o‘zaro munosabatlarini uch oy davomida saqlab qolsa, har bir hamkor 1 million 790 ming so‘m ($140) miqdorida mukofotga ega bo‘ladi.

Samarali yechim

Ushbu tashabbus xodimlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni kuchaytirish va umumiy ish muhitini yaxshilashga qaratilgan. Bir hafta ichida 500 dan ortiq e’lon joylashtirilib, ko‘plab mukofotlar topshirilgan.

Shuni aytib o‘tish kerakki, Xitoyda nikohlar soni keskin kamayib borayotgan bir paytda, Insta360 kabi kompaniyalar innovatsion yondashuvlar orqali bu holatni yengillashtirishga harakat qilyapti. Bu nafaqat xodimlarning shaxsiy hayotini yaxshilash, balki ish jarayonining samaradorligini oshirishga ham xizmat qilyapti.