$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi

Mudofaa

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida imzolandi.

Umumiy maqsad

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bitimning maqsadi 2 davlat o‘rtasida mudofaa sanoati mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish, xarid qilish, xizmat ko‘rsatish sohasida samarali hamkorlik qilish hamda texnik va logistik ko‘mak orqali mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.

Bitim qachon kuchga kiradi?

Shuningdek, ushbu xalqaro shartnomaning 14 ta moddasiga muvofiq mazkur bitimning kuchga kirishi uchun davlatlar zarur bo‘lgan ichki tartib tamoyillarini yakunlaganidan so‘ng, bir-birlarini xabardor qilgan oxirgi yozma xabarnomasini diplomatik kanallari orqali olingan sanadan boshlab kuchga kirishi belgilangan. Ma’lumot uchun, 2022-yil 29-mart kuni Turkiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ma’qullangan edi.