$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya — Ukraina urushi dunyoda mudofaa xarajatlarini tubdan o‘zgartirib yubordi

Mudofaa

Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini YAIMning 2 foizigacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Mudofaa xarajatlari oshirilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi jon boshiga hisoblanganda jahonda harbiy xarajatlar “Sovuq urush” tugaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetib, kishi boshiga 306 dollarni tashkil qilgan. AQSHning harbiy byudjeti so‘nggi ikki yilda 8 foizga oshib, 2024-yilda 886 milliard dollarni tashkil etdi. Aniqlanishicha, Yevropa davlatlari ham mudofaa xarajatlarlini YAIMning 2 foizigacha oshirishni rejalashtirmoqda. Polsha o‘sish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, bu yil Varshava mudofaa uchun mamlakat yalpi ichki mahsulotning 4,2 foizini sarflashni rejalashtirmoqda, bu NATOdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

O‘zbekistonda vaziyat qanday?

Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar xarajatlari 1,91 trillion so‘mga oshgan — 36,06 trillion so‘mdan 37,97 trillion so‘mga (3,07 milliard dollar) o‘sgan. Mudofaa xarajatlari boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga 3,2 trillion so‘mga oshirilgan. Xususan, Bojxona qo‘mitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi («O‘zdavzaxira») Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilishi munosabati bilan xarajatlar mos ravishda 944,4 milliard so‘m va 64,5 milliard so‘mga qisqartirilgan.