$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qaysi toʻlov tashkiloti eng koʻp daromad oldi?

Chek

2024-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston to‘lov tashkilotlarining yarmidan ko‘pi hisobot davrini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa, qolganlari daromad olishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda yetakchi o‘rinni "Uzum Nasiya" kompaniyasi egalladi. Mazkur moliyaviy ko‘rsatkichlar bu yil to‘lov tashkilotlari o‘z hisobotlarini majburiy ravishda e’lon qilishi natijasida ochiqlangan.

Eng ko‘p foyda ko‘rgan kompaniyalar ro‘yxati

Eng serdaromad yettita to‘lov tashkiloti quyidagicha:

- “Uzum Nasiya” — 238,1 mlrd. so‘m;

- “Paynet” — 208,4 mlrd. so‘m;

- “Payme” — 186,9 mlrd. so‘m;

- “Click” — 179,2 mlrd. so‘m;

- “MyUzcard” (Plum) — 78,1 mlrd. so‘m;

- “IT Unisoft Group” — 56 mlrd. so‘m;

- “Alif Mobi” — 42,4 mlrd. so‘m.

Shuningdek, to‘qqiz oy davomida "Uzcard" to‘lov tizimi operatori 660,4 mlrd so‘m, "Humo" esa 119,2 mlrd. so‘m daromad oldi.

O‘rtacha daromad ko‘rgan kompaniyalar

Besh kompaniya 10 mlrd. so‘mgacha foyda ko‘rgan:

- “ATTO” — 9 mlrd. so‘m;

- “Multicard Payment” — 7,9 mlrd. so‘m;

- “Tezpay” — 2,6 mlrd. so‘m;

- “Devhub” — 1,49 mlrd. so‘m;

- “Humans Pay” — 1,44 mlrd. so‘m.

 Zarar ko‘rgan fintex kompaniyalar

Tahlillarga ko‘ra, 14 ta fintex kompaniyalari hisobot davrini zarar bilan yakunlagan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan kompaniyalar:


- “Sello” — 23,8 mlrd. so‘m;

- “OSON” — 11,9 mlrd. so‘m;

- “A-Pay” — 5,1 mlrd. so‘m.

 To‘lov tashkilotlarining ro‘yxati va litsenziya masalasi

Markaziy bank tomonidan joriy yilning may va iyul oylarida to‘lov xizmatlaridan ba’zilari litsenziyadan mahrum qilindi, jumladan "UzPost"ning sho‘ba korxonasi. Oktyabr oyida esa "Humans Pay"ning qimor o‘yinlari bilan bog‘liq tranzaksiyalarini amalga oshirish cheklangan.

Теги :
Iqtisodiyot