$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekiston aholisining qancha qismi mobil aloqadan foydalanmoqda?

mobil

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 35,5 mln nafarni tashkil etgan. 

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,6 % ga oshgan deya ma’lum qilmoqda agentlik.

Avvalgi yillar bo‘yicha mobil aloqa taqsimoti

Agentlikning 2024-yilning 1-yanvarda berga ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln. nafarni tashkil etgan edi. 

Shundan, 28,8 mln. nafari aholida qayd etilgan. 

Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 79 birlikni tashkil etgan. 

Yillar kesimida har 100 doimiy aholiga to‘g‘ri keladigan abonentlar soni (1-yanvar holatiga): 

2020-yil – 69 ta 

2021-yil – 71 ta 

2022-yil – 73 ta 

2023-yil – 76 ta 

2024-yil – 79 tani tashkil qilgan edi.

Shuningdek, 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 mln. nafarni tashkil etgan.

Shundan, 27 mln. nafari aholida qayd etilgan. 

Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etdi.

Yillar kesimida har 100 doimiy aholiga to‘g‘ri keladigan abonentlar soni (1-yanvar holatiga):

2019-yil - 65 ta 

2020-yil - 69 ta 

2021-yil - 71 ta 

2022-yil - 73 ta 

2023-yil - 75 tani tashkil etgan.