$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Hujayralarni yoshartiruvchi vosita ishlab chiqildi

mitofagiya

Shveytsariyalik olimlar hujayralarni yoshartiruvchi vositani ishlab chiqishdi. Ushbu preparatning qisqa muddatli ta’siri xotira va kognitiv funksiyalarni yaxshiladi va bu uzoq muddatli istiqbolda u qarilikka xos zaharli oqsillar va yallig‘lanish jarayonlariga qarshi kurasha oladi.

“Mitofagiya” o‘zi qanday jarayon?

Ma’lum qilinishicha, Shveytsariyaning Vandria kompaniyasi hujayralarni yoshartirish bo‘yicha tadqiqotni boshladi. 2024-yilning 18-dekabrida ilk ko‘ngillilar VNA-3182024 innovatsion preparati dozasini qabul qilishdi. Bu dori nafaqat hujayralarni yoshartirish, balki, yosh bilan bog‘liq xastaliklarga qarshi kurashishga ham mo‘ljallangan. Bu jarayon “mitofagiya” deb ataladi.

Ushbu texnologiya hujayra elektr stansiyalari, ya’ni mitoxondriyalar ishini yaxshilashga qodir. VNA-318 — bu shunchaki tabletkamas, orden taqqan qahramon, demoqda olimlar.

Tajribalar muvaffaqiyatli yakunlansa biologik soatlarni orqaga aylantirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Shuningdek, uning qisqa muddatli ta’siri xotira va kognitiv funksiyalarni yaxshilasa, uzoq muddatli istiqbolda u qarilikka xos zaharli oqsillar va yallig‘lanish jarayonlariga qarshi kurasha oladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, tajribalar muvaffaqiyatli o‘tsa, biologik soatlarni orqaga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.