Saida Mirziyoyeva nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi
Bu haqda Prezident yordamchisi o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun, 23-yanvar kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro ta’lim kuni arafasida nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv haqida
Xalqaro ta’lim kuni arafasida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlar – innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama qilingan.
Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida uchrashuv haqida fikr bildirar ekan, “Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida sifatli ta’lim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz”, deya qo‘shimcha qilib o‘tadi.



