$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Mikroplastiklar insonlarda xavotir va stress tuyg‘ularini kuchaytiradi

mikroplastik

So‘nggi tadqiqotlar mikroplastikning inson salomatligiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatyapti.

Mikroplastik zarralari baxt gormnlarining ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi

Ma’lum qilinishicha, ushbu mayda plastik zarrachalar inson organizmiga kirib, ayniqsa, miyaga yetib borganida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi. Bu holat, xususan, miyada baxt gormonlarining ishlab chiqarilishi va tizimning to‘g‘ri ishlashini buzadi.

Hayvonlar, xususan, kalamushlar ustidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mikroplastik ularda xavotir va stressni kuchaytirgan. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy munosabatlarida sezilarli muammolar paydo bo‘lgan, asotsial xulq-atvor va faollikning pasayishi kuzatilgan. Eng tashvishlisi, bunday zarrachalar faqat hayvonlarda emas, balki odam organizmida ham aniqlangan.

Bugungi kunda mikroplastiklar nafaqat tabiatdagi, balki odam hayotidagi ko‘plab jabhalarda uchraydi. Okeanlardan to ichimlik suvigacha, hatto havo orqali ham mikroplastiklar tarqalishi ma’lum. Bu esa inson salomatligi uchun global xavf solayotganini anglatadi. Organizmga kirgan bu zarrachalar nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Depressiyaning hammasi ham ijtimoiy tarmqlar va ish bilan bog‘liq emas

Shuning bilan birga, depressiya va xavotirlilik kabi muammolarning zamirida faqat ijtimoiy tarmoqlar yoki ish stresslari yotmasligi mumkin. Ular mikroplastikning ko‘rinmas ta’siri bilan ham bog‘liq bo‘lishi ehtimoli bor. Miya tizimlari normal ishlamay qolishi nafaqat shaxsiy his-tuyg‘ular, balki kundalik faollik va hayot sifatiga ham ta’sir qiladi.

Mikroplastik muammosi nafaqat tibbiy, balki ekologik va ijtimoiy hal etish choralarini talab qiladi. Atrof-muhitni plastik chiqindilardan tozalash, ularning tarqalishini cheklash va inson organizmiga kirib qolishini kamaytirish kelajakda global salomatlikning muhim omili bo‘lib qoladi.