$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi mamlakatlarda o‘zbeklar uchun ish o‘rinlari bor?

migration migartsiya

Chet elda ish deganda hozirda avvalgidek faqat Rossiya yoki Janubiy Koreya tushunilmaydi. Bandlik vazirligi tomonidan tavsiya qilingan sayt dunyoning 10 ta mamlakatida, o‘zbeklar uchun ish o‘rinlarini taklif qilmoqda

10 ta davlatda qonuniy ishlash imkoniyati

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tashkil etilgan xorijdaish.uz sayti dunyoning turli nuqtalaridagi 10 ta davlatdagi bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Ushbu davlatlar Belarus, Buyuk Britaniya, Latviya, Vengriya, Litva, Rossiya, Turkiya, Shveysariya, Germaniya, Saudiya Arabistoni davlatlari hisoblanadi. Agentlik bu davlatlar soni yana ko‘payishiga va’da bermoqda.

50 mingdan ortiq ish o‘rni mavjud

Ushbu saytdan jami 2 082 778 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. U yerda jami 295 nafar ish beruvchilar mavjud bo‘lib, ularda 56 844 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Eng ko‘p so‘ralgan ish o‘rinlari ichida montajnik, stanok operatori, quruvchi va hamshira kabilar mavjud.

Eng ko‘p ish Germaniyada

Eng ko‘p ish o‘rinlariga ehtiyoji baland davlat Germaniya bo‘lib, u yerdagi kompaniyalarda jami 41 560 ta ish o‘rni mavjud. Undan tashqari, Rossiyada 12 621 ta, Litvada 2 200 ta, Belarusda 300 ta, Latviyada 113 hamda Buyuk Britaniyada 50 ta ish o‘rinlari bor.

Tashqi migratsiya agentligi ba’zi xarajatlarni qoplab beradi

Agentlik fuqarolarga bir necha yordamlar ko‘rsatib, quyidagi yengilliklarga kafolat beradi:

- 300 AQSH dollarigacha xostel va sutkalik mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar qoplab berish;

- bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (490 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;

- 1,5 ming AQSH dollarigacha sog‘liqni saqlash muassasalariga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini to‘lash;

- Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;

- vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1 ming AQSH dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash;

- huquqiy himoya qilish maqsadida 3 ming AQSH dollarigacha advokat, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning haqini to‘lash.

Chetga ketishdan oldin maxsus tayyorgarlik amalga oshiriladi

Agentlik fuqarolarni chetga ketishdan oldin maxsus kasb-hunarga yo‘naltirib,kelajakda oddiy ishchidan ko‘ra ko‘proq maosh oluvchi malakali ishchi bo‘lishingizga yordam beradi. Undan tashqari, O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida pullik maxsus til kurslari tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolarga nemis, ingliz, arab va rus tillarini o‘rganishi ta’minlanadi.