$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mehnat migrantlari uchun eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi

Migrantlar

CNBC ning xabar berishicha, "Decoding Global Talent Report 2024" hisobotiga ko‘ra, sayyoramizdagi har to‘rtinchi professional kasb egasi yoki 800 mln. nafargacha mutaxassis o‘ziga chet eldan faol ish qidirmoqda.

Iste’dodlarni jalb qilish va doimiy ishlatish istiqbolli yo‘nalishdan biridir

Iqtisodiy va geosiyosiy muammolarga qaramasdan, chet elda ishlash orzusidagilar ulushi tinmay oshib boryapti. Bunga sabablar qatorida iqtisodiy imkoniyatlar, karyera qilish va yanada yaxshiroq yashash istagi kabi omillar ko‘rsatilgan. Qolaversa, xalqaro kompaniyalar rahbarlarining aksariyati (92 foiz) o‘zlari uchun uchta muhim istiqbolli yo‘nalishdan biri sifatida iste’dodlarni jalb qilish va doimiy ishlatishni ko‘rsatishgan.

Iste’dodli mutaxassislar uchun top-10 shahar

1. London (9%)

2. Amsterdam (8%)

3. Dubay (7%)

4. Abu-Dabi (7%)

5. Nyu-York (6%)

6. Berlin (5%)

7. Singapur (5%)

8. Barselona (5%)

9. Tokio (5%)

10. Sidney (4%)

Kuchli uchlikning afzalliklari

Reytingda kuchli uchlikni London, Amsterdam va Dubay band etdi. Bu shaharlarning asosiy afzalliklari — yaxshi ish haqi, rivojlangan transport tarmog‘i. Shuningdek, madaniyatlar xilma-xilligi qadrlanadi. London 2014-yildan buyon migrantlar uchun «birinchi raqamli shahar» maqomini saqlab turibdi. Respondentlarning 9 foizi Buyuk Britaniya poytaxtiga ishlash uchun ko‘chib borishga tayyorliklarini bildirishgan.

Nimaga aynan Singapur?

Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni quyidagi megapolislar egalladi (4–10-o‘rinlar): Abu-Dabi, Nyu-York, Berlin, Singapur, Barselona, Tokio, Sidney. "E’tiborli jihati, Sharqiy Osiyodagi eng yaxshi yo‘nalish — Singapur xorijlik mutaxassislarni aynan orol-mamlakat bo‘lgani uchun ko‘proq jalb qilmoqda", - deyiladi xabarda. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 57 foiziga Singapurning hayot sifati, daromad, soliq va yashash narxi maʼqul kelgan. 55% ishtirokchilar Singapurni ish uchun eng yaxshi manzil sifatida tanlashga shahridagi xavfsizlik va barqarorlik sabab boʻlganini aytgan.

Oʻzbekistondan koʻchib ketganlar soni

Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, 2023- yil yanvar-mart oylarida ko‘chib ketganlar soni 54,6 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 22,9 ming kishini, ayollar soni 31,7 ming kishi, ko‘chib ketganlar soni shahar joylarida 45,5 ming kishini, qishloq joylarida 9,1 ming kishini tashkil etdi. Hisobot choragida eng ko‘p qayd etilgan ko‘chib ketganlar soni fevral oyida 18 986 nafar, aksincha, eng kam ko‘chib ketganlar esa yanvar oyida 17 178 nafarni tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami 75,2 %), Rossiya Federatsiyasi (20,5 %), Qirg‘iz Respublikasi (0,5 %), Turkmaniston Respublikasi (0,4 %) mamlakatlar (3,2 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘chib ketganlar sonining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi

2023- yil yanvar-mart oylarida ko‘chib ketganlarni yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda 9,6 % mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 83,0 % mehnatga layoqatli yoshdagilar va 7,4 % mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha jami ko‘chib ketganlar

Hududlar bo‘yicha ko‘chib ketish koeffitsienti eng yuqori Toshkent shahrida 21,8 promille, Navoiy viloyatida 9,3 promille, Toshkent viloyatlarida 8,5 promille, eng kam ko‘rsatkich Namangan viloyatida 1,5 promille, Аndijon viloyatida 2,3 promille va Farg‘ona viloyatida 2,8 promilleni tashkil etgan. Ko‘chib ketish koeffitsiyenti eng yuqori Sergeli tumani 31,1 promille, Yakkasaroy tumani 30,4 promille, Mirobod tumani 29,3 promille, Chilonzor tumani 29,0 promille va Uchtepa tumani 24,8 promilleni tashkil etgan. Ko‘chib ketish koeffitsiyenti eng past Yangi Namangan tumani 0,1 promille, Davlatobod tumani 0,2 promille, So‘x tumani 0,3 promille, To‘raqo‘rg‘on tumani 0,8 promille va Yangiqo‘rg‘on tumani 1,0 promilleni tashkil etgan.