$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlarni roʻyxatga olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Migrant

2025-yil 5-fevralidan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining 628-sonli buyrug‘i kuchga kiradi. Ushbu buyruqqa ko‘ra “registratsiya” ko‘rinishi, arizalar shakli o‘zgaradi. 

Registratsiyaning yangi koʻrinishida nimalar qayd etiladi?

Chet el fuqarolarini migratsiya qaydidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi ushbu buyruqqa asosan xorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning vaqtinchalik yashash joyida migratsiya qaydidan o‘tkazish (registratsiya) blankichet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki chiqarib yuborish to‘g‘risidagi uy egasi beradigan arizalar “registratsiya»” va boshqa hujjatlarda xatoliklarni tuzatish uchun ariza shakli yangilanadi. 

“Registratsiya”ning yangi ko‘rinishida muhojirning Rossiyada qolishiga asos bo‘luvchi hujjatining ma’lumotlari ko‘rsatiladi, bolalarning “registratsiya”sida esa ota-onasi haqida ma’lumotlar bo‘ladi. 

Muddat bir yildan oshmaydi

Bundan tashqari, migratsiya qaydi beriladigan muddatga ham o‘zgarish kiritilgan. Endi qanday asos mavjudligiga qaramay, 5-fevraldan boshlab “registratsiya” bir yildan oshmagan muddatga beriladi. Chet el fuqarolari “registraitsya”ni yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi orqali yuborishlari mumkin. 

Buyruqda ushbu o‘zgarishlar migratsiya qaydidan o‘tish jarayonini soddalashtirish va ichki ishlar vazirligining migratsiya markazlari kabi vakolatli tashkilotlari bilan ma’lumot almashish tartibini rivojlantirishga qaratilgan.

Теги :
Jamiyat